Abduraxmonova Xosiyatxon Baxtiyorjon qizining
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Xalqaro xususiy huquqda ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarning tartibga solinishi», 12.00.03−Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining buyrug‘i 2013 yil 6 sentyabr` № 07-11.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Yu79.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, 14.07.2016.Yu.26.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Said Saidaxrarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Narmatov Nuriddin Soatmuratovich, yuridik fanlar doktori; Borotov Mirodiljon Xomudjonovich, yuridik fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xalqaro xususiy huquqda ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqaro xususiy huquqda bolalarning nasl-nasabini belgilashni yanada kuchaytirish maqsadida oila qonunchiligi sohasida otalikni belgilash va unga e’tiroz bildirishning kollizon-huquqiy tartibga solish doirasini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
ota-ona boladan alohida yashaydigan ota(ona)ning ota-onalik huquqlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yozma ravishda kelishuvda bolalarga nisbatan eng yaxshi qulaylik tug‘dirish to‘g‘risidagi huquqni qo‘llash mohiyati asoslangan;
xalqaro xususiy huquqda oila a’zolarining va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlarini tartibga solish hamda himoyaga muhtoj tomonning huquqlarini himoya qilish doirasini kengaytirish bo‘yicha echimlar ishlab chiqilgan. Aliment majburiyatlarini tartibga soluvchi kollizion normani Oila kodeksida shakllantirish dolzarb ahamiyatga egaligi asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan ota-ona boladan alohida o‘zga davlat hududida yashayotgan bo‘lsa yoki boshqa sabablarga ko‘ra chet elda ota-onalik huquqlarini amalga oshirishga qodir bo‘lmagan vaziyatda, bolaning manfaatlarini himoya qilish asoslantirilgan;
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olish munosabatlariga kollizion normalar qoidalarini kiritish zaruriyati asoslantirilgan;
chet el elementi bilan murakkablashgan farzandlikka olishda ko‘rsatilgan hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi yoxud ularga belgilangan tartibda apostil` qo‘yilish tartibiga aniqlik kiritish zaruriyatiga oid echimlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xalqaro xususiy huquqda ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarning tartibga solinishi bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
O‘zbekiston Respublikasining Konsullik Ustavi 31-moddasiga, Konsul chet elda doimiy yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining boshqa davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib, boshqa davlat hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan bolani farzandlikka olish uchun ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizalarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga belgilangan tartibda yuborish chora-tadbirlarini ko‘rishi to‘g‘risida qo‘shimcha kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 2016 yil 3 oktyabrdagi 306/1-05/1399-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 23 avgustdagi O‘RQ-411-son qonunining 8-moddasida o‘z aksini topgan. Mazkur tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasining Konsullik Ustavini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 2853-moddasining uchinchi qismiga, farzandlikka olish to‘g‘risidagi hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi yoxud ularga belgilangan tartibda apostil` qo‘yilgan bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 2016 yil 3 oktyabrdagi 06/1-05/1399-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 23 avgustdagi O‘RQ-411-son qonunining 9-moddasida o‘z aksini topgan. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 1611-moddasiga, Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olishga doir o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidagi takliflardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 2016 yil 3 oktyabrdagi 06/1-05/1399-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 23 avgustdagi O‘RQ-411-son qonunining 10-moddasida o‘z aksini topgan. Ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi normalarini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi «O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi tadqiqot natijalari asosida tayyorlangan qonun loyihasi kelgusida chet el elementi bilan murakkablashgan ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarning tartibga soluvchi qonunchilik normalarini yanada takomillashtirishga xizmat qilishini ma’lum qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 2016 yil 26 avgustdagi №06/1-06/3354). Takliflar qonunlarni amaliyotga qo‘llash ko‘nikmalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, chet el elementi bilan murakkablashgan munosabatlarda bolaning nasl-nasabini belgilashni tartibga soluvchi kollizion normalar O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining shakllanishiga ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi tadqiqot natijalari asosida tayyorlangan qonun loyihasi o‘rganib chiqilib, qonun loyihasini ekspertizadan o‘tkazish jarayonida foydalanish mumkinligini ma’lum qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti 2016 yil 8 apreldagi № 04-25/106-son xat). Takliflar xalqaro xususiy huquqda oilaviy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalarni amaliyotga joriy etishda vujudga kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish imkonini beradi;
O‘zbekiston Respublikasining «Oila kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqilishida foydalanilib, o‘rnatilgan tartibda Hukumatga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi «Oila» ilmiy-amaliy markazi 2015 yil 29 sentyabrdagi 0108/324-son ma’lumotnoma). Takliflarning amalga oshishi mamlakatimizda chet el fuqarolari ishtirokidagi oilaviy munosabatlarni himoya qiluvchi normalarni milliy huquq tizimida yanada takomillashishiga, milliy va xalqaro qonun normalari asosida ijtimoiy adolatni ta’minlashga, chet el elementi bilan murakkablashgan oilaviy munosabatlarda qonunni chetlab o‘tish oqibatlarini oldini olishga xizmat qilgan;
2014–2015 yillardagi «Ensiklopedik adabiyotlarga qo‘yiladigan talablar asosida oila muammolariga doir psixologik tushunchalarni tizimlashtirish» YoA1-FQ-0-74714, A1-FQ-0-16356, A1-068 raqamli «Yosh olimlar» loyihasi asosida tugallangan grant bo‘yicha ilmiy loyihasida ustuvor yo‘nalishlariga mos kelgan va foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «Oila» ilmiy-amaliy markazi 2016 yil 10 iyundagi №01-08/185-son xat; 2016 yil 10 iyundagi 1-son dalolatnoma). Buyurtma asosida «Oila ensiklopediyasi» tayyorlanib chop etilgan. Takliflarning amalga oshishi oila qonunchiligidagi chet el elementi bilan murakkablashgan huquqiy tushunchalarning mazmunini aniqlashga va ularning bir-biridan farqlanishiga xizmat qildi. Mazkur takliflar mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish, chet el elementi bilan murakkablashgan ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish, farzandlikka olish, jumladan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi, Konsullik Ustavini takomillashtirish uchun xizmat qilgan.