Axmedov Bekzod Abdiraxmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda qorako‘lchilikning ahvoli (1917-2017 yy.)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2. PhD/Tar87.
Ilmiy rahbar: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.02.10.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Sayfulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor; Qodirova Mamlakat Mo‘minovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda 1917-2017 yillarda qorako‘lchilik sohasining tarixiy mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Buxoro amirligining qorako‘lchilik sohasini dunyoga yoyishdagi roli, Buxoro (o‘zbek) qorako‘li jahon mo‘yna bozorining eng xaridorgir mahsuloti sifatida auksionlar (Sankt-Peterburg, Lion, Leypsig)da yuqori baholanishiga doir tarixiy ma’lumotlar aniqlangan; 
sovet davrida qorako‘lchilik sohasi O‘zbekiston chorvachiligida davlat daromadining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lganligi, “xalq seleksiyasi”ning noyob kashfiyoti sifatida yangi navlar (sur, kulrang) yaratilganligi, qorako‘lchilik sovxozlari tashkil etilishi, soha kadrlarini tayyorlash jarayoni bilan bog‘liq tarixiy ma’lumotlar ochib berilgan;
mustaqillik yillarida O‘zbekistonda qorako‘lchilik sohasida amalga oshirilgan islohotlar, sohaning notekis taraqqiyoti, cho‘l yaylovlarini saqlash va ko‘paytirish, ozuqabop o‘simlik navlarini yaratish, seleksiya-naslchilik saralash ishlarini yaxshilash, qorako‘l qo‘ylarining yangi zavod tiplarini (“Buxoroi–sharif”, “To‘rtko‘l”, “Nurota”, “O‘zbekiston”, “Saribel”, “Avazcho‘l”, “Sarjal” va b.) yaratish yo‘li bilan qimmatbaho teri eksporti hajmini oshirishga erishilishi natijasida valyuta tushumining yana bir yo‘nalishini kengaytirish imkoniyati yaratilganligi isbotlangan;
O‘zbekistonda qorako‘lchilik fanida erishilgan yangi yutuqlar asoslanib, ilk marta “zarmalla” rangli qo‘y navining yaratilishi, asosan qimmatbaho terida yassilashgan qalamgullikni ta’minlashga katta ahamiyat berilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
1917-2017 yillarda O‘zbekistonda qorako‘lchilikning ahvoli bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
mustaqillik yillarida O‘zbekistonda qorako‘lchilik sohasida amalga oshirilgan islohotlar, sohaning notekis taraqqiyoti, cho‘l yaylovlarini saqlash va ko‘paytirish, ozuqabop o‘simlik navlarini yaratish, seleksiya-naslchilik saralash ishlariga oid ma’lumotlardan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida bajarilgan 2007-2011 yillarga mo‘ljallangan OT-F8-211 ¬ “XX asr O‘zbekiston madaniyati tarixi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 fevraldagi 89-03-528-son ma’lumotnomasi). Bunda O‘zbekistonda chorvachilik sohasidagi islohotlarning samaradorligi, seleksiya-naslchilik ishlarini yaxshilash kabi iqtisodiy ahamiyatdagi ma’lumotlar aniqlangan; 
Buxoro amirligining qorako‘lchilik sohasini dunyoga yoyishdagi roli, Buxoro (o‘zbek) qorako‘li jahon mo‘yna bozorining eng xaridorgir mahsuloti sifatida auksionlarda yuqori baholanishiga doir ilmiy xulosalardan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida bajarilgan (2007-2011 yillar) OT-F8-211 raqamli “XX asr O‘zbekiston madaniyati tarixi” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 fevraldagi 89-03-528-son ma’lumotnomasi). Bu ta’lim jarayonida yoshlarning XIX-XX asrlar O‘zbekiston tarixida chorvachilik, xususan, qorako‘lchilik sohasi ahvoli va rivoji bilan bog‘liq xolis bilimlar olishiga xizmat qilgan;
sovet davrida qorako‘lchilik sohasi O‘zbekiston chorvachiligida davlat daromadining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lganligi, “xalq seleksiyasi”ning noyob kashfiyoti sifatida yangi navlar (sur, kulrang) yaratilganligi, qorako‘lchilik sovxozlari tashkil etilishi, soha kadrlarini tayyorlash jarayoniga oid ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Qashqadaryo viloyat televideniesida “Qashqadaryo axboroti” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK 02-15/353-son ma’lumotnomasi). Bu O‘zbekistonda qorako‘lchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha davlat tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar mohiyatini aholiga etkazishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish