Gal`perin Leonid Vladimirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Payvand choqlar xarakteristikasini oshirish maqsadida mahalliy xomashyolardan foydalanib, sellyuloza tipidagi elektrodlar qoplamalarini tayyorlash texnologiyasi», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1585.
Ilmiy rahbar: Dunyashin Nikolay Sergeevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Norxudjaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor; Xudoyarov Suleyman Rashidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi mineral va organik xom ashyo bazasida selyuloza turidagi elektrod qoplamasining shlak asosini va yoyli dastakli payvandlash elektrodlarini ishlab chiqarish texnologiyasini  ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xom ashyo bazasi materiallari asosida olingan selyuloza turidagi payvandlash elektrodlarining shlak aosining optimallashgan tarkibi ishlab chiqilgan;
selyuloza turidagi elektrod qoplamalarining organik va mineral xom ashyolardan ishlab chiqilgan gaz hosil qiluvchi komponentlarining tarkibi ishlab chiqilgan; 
selyuloza turidagi payvandlash elektrodlarini ishlab chiqarishning takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan;
payvandlash materiallari uchun yaroqli bo‘lgan komponentlar sifatida marmar va kaolinning kimyoviy tarkibi o‘rganilib selyuloza turidagi yoyli dastakli payvandlash uchun elektrodlarning qoplamasining tarkibi ishlab chiqilgan;
elektrod qoplamalari shixtasinining gaz hosil qiluvchi  komponentlarining klassifikatsion sxemasi ishlab chiqilgan;
mahalliy organik va mineral xom ashyolar asosida (Ca, Si, Ti oksidlar) nometall tizimning fazalar tengligi diagrammasidan foydalanib selyuloza turidagi elektrodlar qoplamasining kompozisiya variantlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy xom ashyolardan tayyorlanadigan selyuloza turidagi qoplamali elektrodlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mahalliy xom ashyo bazasi materiallari asosida olingan selyuloza turidagi payvandlash elektrodlarining shlak aosining optimallashgan tarkibi MChJ QK “Toshkent truba zavodi” korxonasida joriy etilgan («Uzmontajmaxsus qo‘rilish» AJning 2020 yil 16 iyundagi 01-192/01-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, payvand chokning mustaxkamlik chegarasi 12-15%ga oshirishga erishilgan;
selyuloza turidagi elektrod qoplamalarining organik va mineral xom ashyolardan ishlab chiqilgan gaz hosil qiluvchi komponentlarining tarkibi MChJ QK “Toshkent truba zavodi” korxonasida joriy etilgan («Uzmontajmaxsus qo‘rilish» AJning 2020 yil 16 iyundagi 01-192/01-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, kalsiy karbonati va selyulozadan kompleks foydalanilganigi xisobiga payvand chok metallida azot miqdorini 10-12% ga kamaytirishga erishilgan;  
selyuloza turidagi payvandlash elektrodlarini ishlab chiqarishning takomillashtirilgan texnologiyasi MChJ QK “Toshkent truba zavodi” korxonasida joriy etilgan («Uzmontajmaxsus qo‘rilish» AJning 2020 yil 16 iyundagi 01-192/01-01-son ma’lumotnomasi).  Natijada, erish chuqurligi oshgan va payvand chok metallida nuqsonlar miqdori 8-10% ga kamaytirishga erishilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish