Mamadaliev Adhamjon Tuxtamirzaevichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tukli chigitlarni mineral o‘g‘itlar bilan qobiqlaydigan qurilmani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1204.
Ilmiy rahbar: Rosaboev Abduqodir To‘xtaqo‘zievich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Rustam Raximovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Mansurov Muxtorjon Toxirjonovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tukli chigitlarni tabiiy himoya vositasini saqlab qolgan holda, aniq uyalab yoki belgilangan myo’yorlarda ekish uchun mineral o‘g‘itlar va mikroelementli kompozisiyalarni suvdagi eritmasi bilan uzluksiz texnologik rejimda qobiqlaydigan qurilmani ishlab chiqish hamda uning konstruktiv o‘lchamlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tukli chigitlarni mineral o‘g‘itlar va mikroelementli kompozisiyalarni suvdagi eritmasi bilan qobiqlash uchun uzluksiz ish rejimiga ega bo‘lgan qurilma ishlab chiqilgan;
tukli chigitlarni mineral o‘g‘itlar va mikroelementli kompozisiyalarni suvdagi eritmasi bilan qobiqlash texnologik jarayonining matematik modeli ularni tik silindr ichidagi konuslar bo‘ylab qiladigan harakatini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
urug‘larni qobiqlash barabanining ish sirtidagi harakatini ifodalaydigan analitik bog‘lanishlar uning burchak tezligi hamda balandligiga bog‘liq ravishda asoslangan;
qurilmaning maqbul konstruktiv o‘lchamlari va ish rejimlari tukli chigitlarni qobiqlanish darajasi yuqori ko‘rsatkichga erishish shartidan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tukli chigitlarni mineral o‘g‘itlar va mikroelementli kompozisiyalarni suvdagi eritmasi bilan qobiqlash qurilmasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tukli chigitlarni mineral o‘g‘itlar va mikroelementli kompozisiyalarni suvdagi eritmasi bilan qobiqlab, sochiluvchanligini oshiradigan qurilmaning texnik echimiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan («Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘larining yuzini himoya-ozuqa qobig‘i bilan koplash usuli va uni amalga oshirish uchun qurilma», №IAP 03493-2007 y.). Natijada, tukli chigitlarni mineral o‘g‘itlar va mikroelementli kompozisiyalarni suvdagi eritmasi bilan uzluksiz ish rejimida qobiqlaydigan qurilmaning konstruktiv sxemasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
tukli chigitlarni mineral o‘g‘itlar va mikroelementli kompozisiyalarni suvdagi eritmasi bilan qobiqlaydigan qurilmani ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari va hisoblash usullari «BMKB-Agromash» AJga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 9 iyuldagi 2/023-2091-son ma’lumotnomasi). Natijada, sochiluvchanligi past bo‘lgan tukli chigitlarni suv bilan mineral o‘g‘itlar va mikroelementli kompozisiyalarni suvdagi eritmasi bilan qobiqlaydigan qurilmani ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan qurilma yordamida mineral o‘g‘itlar va mikroelementli kompozisiyalarni suvdagi eritmasi bilan qobiqlab ekish uchun tayyorlangan tukli chigitlar Toshkent viloyatining Yangiyo‘l va O‘rtachirchiq tumanlari hamda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 9 iyuldagi 02/023-2091-son ma’lumotnomasi). Natijada, tukli chigitlarga kimyoviy dorilar bilan ishlov berish bartaraf etilgan, urug‘lik sarfi 1,5-2,0 martaga kamaygan, nihollar bir tekis va ravon unib chiqib, ularning o‘sib-rivojlanishi tezlashib, hosildorlikni 4,1-6,0 s/ga ko‘payishiga erishilgan.