Xujanova Ozoda Tojievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XVI-XVIII asrlar rus ish yuritish yodgorliklarida sharqiy ekzotizimlar”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD /Fil 972.
Ilmiy rahbar: Qulmamatov Do‘smamat Sattarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10. 
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich,  filologiya fanlari doktori, professor; Esanov Uktam Jabborovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XVI-XVIII asrlar rus diplomatik yodgorliklari matnlarida qo‘llanilgan sharqona ekzotik leksemalarni fonetik-morfologik va leksik-semantik aspektda kompleks o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rus tilshunosligida ekzotizm masalasini o‘rganish borasida ilmiy adabiyotlar tahlil etilib, sharqona ekzotizmlarni tadqiq qilish uchun XVI-XVIII asrlar rus rasmiy yodgorliklari muhim lingvistik manba ekanligi isbotlagan; 
rus tilining tarixiy lug‘atlarida o‘z aksini topmagan, rus tarixiy leksikologik manbalarida izohlari qayd etilmagan sharqona ekzotizmlar ma’nosining torayishi va kengayishi bilan bog‘liq semantik o‘zgarishlar ochib berilgan; 
XVI-XVIII asrlar rus rasmiy yodgorliklari matnlarida qo‘llanilgan  sharqona ekzotizmlarning leksik-semantik guruhlari va etimologiyasi aniqlangan;
sharqona ekzoleksemalarning XVI-XVIII asrlar rus yozma rasmiy yodgorliklari matnlarida fonetik, morfologik va semantik jihatdan moslashuvi dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
leksikologiya, morfologiya va madaniyatlararo kommunikatsiyani dalillovchi ilmiy-nazariy xulosalardan Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan IDT-1-07 raqamli «Tilshunoslik asoslari fanidan darslik, o‘quv-uslubiy majmua yaratish» mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil  10 avgustdagi 89–03–2762-son ma’lumotnomasi). Natijada XVI-XVIII asr rus tili lug‘at qatlamiga  kirib kelgan sharq tillariga oid ekzotizmlarni ma’nosi, vaqtini oydinlashtirish, ularning rus rasmiy yozma yodgorliklari matnlarida, leksikografik manbalarda qayd etilishini aniqlash imkonini bergan;
sharq tillariga oid ekzotizmlarning leksik-semantik xususiyatlari va etimologiyasi to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlardan  Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida bajarilgan OT-F1-69 raqamli "Sankt-Peterburg qo‘lyozmalar instituti va Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Sharq qo‘lyozmalar markazida saqlanayotgan Xorazm adabiy manbalarini kompleks o‘rganish” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 10 avgustdagi 89–03–2762-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy manbalar matnini tahlil qilishda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashga doir bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
tadqiqotning rus-mo‘g‘ul, rus-xitoy, rus-O‘rta Osiyo aloqalariga oid rus rasmiy yozma yodgorliklarinining fonetik, leksik va grammatik jihatlarini aks ettiruvchi manbalarini muomalaga kiritish va o‘rganish bo‘yicha olingan natijalaridan Surxondaryo viloyati rus madaniyati markazi tomonidan tashkil etilgan “Rossiyaning Sharq bilan madaniy va diplomatik aloqalari” mavzusidagi anjuman dasturini va materiallarini  tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Rus madaniyati markazining 2020 yil 22 yanvardagi 02-12-son guvohnomasi). Natijada  XVI-XVIII asrlardagi rus rasmiy yozma yodgorliklarini o‘rganish yuzasidan to‘plangan ma’lumotlar mazkur sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlarini boyitishga  xizmat qilgan; 
Rossiyaning Sharq bilan aloqalarini aks ettiruvchi XVI-XVIII asrlardagi rus rasmiy yozma yodgorliklarining ilmiy materiallaridan “Ishonch” telekanalida namoyish etilgan “Fanning yoshlar tarbiyasidagi roli” teleko‘rsatuvida foydalanilgan (Surxondaryo viloyati “Ishonch” teleradiokompaniyasining 2019 yil 18 noyabrdagi 297-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish