Abrorov Sirojiddin Zuxriddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda sukuk – islomiy qimmatli qog‘ozlarni joriy etish istiqbollari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt941.
Ilmiy rahbar: Valiev Bobur Batirovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizamiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda sukuk – islomiy qimmatli qog‘ozlarni joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sukukni yangi moliyaviy instrument sifatida joriy qilishning ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan ustuvor vazifalarini aks ettiruvchi konstruktiv bosqichlari ishlab chiqilgan;
“sukuk” iqtisodiy kategoriyasini uning genezisi, konseptual tamoyillari, tipologiyasini hisobga olgan holda ushbu instrumentni oddiy aksiya va obligatsiyalardan farqli ravishda alohida turdagi qimmatli qog‘oz sifatida belgilash taklif etilgan;
moliyaviy sektorlar o‘rtasidagi raqobatning ta’minlanishi va foydalanilmayotgan jamg‘armalarning investisiyaga transformatsiyalanishi orqali sukuk rivojlanishining iqtisodiyotga ijobiy ta’siri asoslangan;
riskning mavjudligi, faoliyat natijasida ko‘riladigan foydaga manfaatdor bo‘lish va ko‘pchilikning manfaati bir kishining manfaatidan ustunligi xususiyatlarini ochib berish orqali O‘zbekistonda sukuk instrumentidan mushoraka, mudoraba, murobaha, salam, istisno hamda ijara kelishuvlari tamoyillari asosida foydalanish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sukuklarni O‘zbekiston fond bozoriga joriy qilish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
sukukni yangi moliyaviy instrument sifatida joriy qilishning ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan ustuvor vazifalarini aks ettiruvchi konstruktiv bosqichlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirishning 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan Strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligining 2020 yil 5 fevraldagi 01-02/06-176-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi fond bozoridagi instrumentlar turlarining diversifikatsiya qilinishi va bozor qulayligining ortishiga xizmat qilgan;
“sukuk” iqtisodiy kategoriyasini uning genezisi, konseptual tamoyillari, tipologiyasini hisobga olgan holda ushbu instrumentni oddiy aksiya va obligatsiyalardan farqli ravishda alohida turdagi qimmatli qog‘oz sifatida belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 04/20-son buyrug‘i asosida “sukuk” tushunchasiga izoh tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 2020 yil 14 yanvardagi 53/04-20-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi sukukning ta’rifi O‘zbekiston qonunchiligida o‘z ifodasini topishiga imkoniyat yaratgan;
moliyaviy sektorlar o‘rtasidagi raqobatning ta’minlanishi va foydalanilmayotgan jamg‘armalarning investisiyaga transformatsiyalanishi orqali sukuk rivojlanishining iqtisodiyotga ijobiy ta’siri bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 04/20-son buyrug‘i asosida yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020 yil 14 yanvardagi 53/04-20-son ma’lumotnomasi). Bu taklifning amaliyotga tatbiq qilinishi natijasida mamlakat iqtisodiyotiga sukuk instrumentini joriy etishning ijobiy jihatlari asoslangan;
riskning mavjudligi, faoliyat natijasida ko‘riladigan foydaga manfaatdor bo‘lish va ko‘pchilikning manfaati bir kishining manfaatidan ustunligi xususiyatlarini ochib berish orqali O‘zbekistonda sukuk instrumentidan mushoraka, mudoraba, murobaha, salam, istisno hamda ijara kelishuvlari tamoyillari asosida foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 04/20-son buyrug‘i asosida yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020 yil 14 yanvardagi 53/04-20-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida sukukni joriy qilishda hukumat tomonidan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash imkoniyati yaratilgan.