Karimjonova Munavvar Ibragimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bojxona xizmati xodimlari mehnati va unga haq to‘lash hisobini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1376.
Ilmiy rahbar: Tuychiev Alisher Juraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019. I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshibaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bojxona xizmati xodimlari mehnati va unga haq to‘lash hisobini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bojxona xizmati xodimlari mehnati va unga haq to‘lash hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bojxona xizmati xodimlarining mehnatiga haq to‘lashda lavozim maoshlarini hujjatlashtirish va ularni hisobot shakllarida aks ettirilishi davlat byudjeti, maxsus, rivojlantirish hamda yagona jamg‘armalardan moliyalashtirish manbalariga muvofiqlashtirilgan;
huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tarkibidagi ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlariga ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyatiga qo‘shgan aniq hissasini hisobga olgan holda qo‘shimcha haq to‘lash tartibini belgilash taklif etilgan;
bojxona instituti o‘quv jarayoniga jalb qilinadigan ilmiy-pedagogik kadrlar va tajribali amaliyotchi mutaxassislarni bojxona xizmati faoliyati xususiyatidan kelib chiqib, mehnatga haq to‘lashning soatbay shaklida ko‘p yillik mehnat staji va amaliy tajribalarini hisobga olish taklif etilgan;
mukofot pullarini belgilashda xizmat faoliyati samaradorligini baholashning reyting natijalari asosida aniqlangan koeffisientlar bo‘yicha berilgan taqdimnomalar asosida hisoblash va uni to‘lash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bojxona xizmati xodimlari mehnati va unga haq to‘lash hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bojxona xizmati xodimlarining mehnatiga haq to‘lashda lavozim maoshlarini hujjatlashtirish va ularni hisobot shakllarida aks ettirilishi davlat byudjeti, maxsus, rivojlantirish hamda yagona jamg‘armalardan moliyalashtirish manbalariga muvofiqlashtirish bo‘yicha taklifi Davlat bojxona qo‘mitasining 11-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Bojxona institutining kollegial organi ishini tashkil etish bo‘yicha tartib»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2020 yil 25 fevraldagi 04-05/3-01553-son ma’lumotnomasi). Natijada, bojxona xizmati xodimlariga qo‘shimcha haqlarni to‘g‘ri belgilash va to‘lash bo‘yicha kollegial organ ishini tashkil etishda foydalanilgan, buxgalteriya hisobida mehnatga haq to‘lashning moliyaviy mablag‘lardan foydalanish samaradorligi ta’minlangan va ilmiy salohiyat darajasi 6 foiz oshishiga erishilgan.
huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tarkibidagi ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyatiga qo‘shgan aniq hissasini hisobga olgan holda qo‘shimcha haq to‘lash tartibini belgilash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 1030-sonli «Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi qarorni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020 yil 10 martdagi 05-24/1-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida huquqni muhofaza qiluvchi organ sifatida Davlat bojxona qo‘mitasi tarkibiy tuzilmalaridagi ilmiy darajaga ega xodimlarga ham qo‘shimcha haq to‘lash imkoni ta’minlangan;
bojxona instituti o‘quv jarayoniga jalb qilinadigan ilmiy-pedagogik kadrlar va tajribali amaliyotchi mutaxassislarni bojxona xizmati faoliyati xususiyatidan kelib chiqib, mehnatga haq to‘lashning soatbay shaklida ko‘p yillik mehnat staji va amaliy tajribalarini hisobga olish bo‘yicha taklifi Davlat bojxona qo‘mitasining 96-son buyrug‘i asosida Bojxona instituti faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida, o‘quv jarayoniga jalb qilingan tajribali amaliyotchi mutaxassislar va xodimlar mehnatiga soatbay haq to‘lash jarayonida foydalanilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2019 yil 28 dekabrdagi 05-05/13-11102-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida o‘quv jarayoniga jalb qilingan bojxona organlarida xizmat olib borayotgan tajribali amaliyotchi mutaxassis-ekspertlarga buxgalteriya hisobida to‘g‘ri va aniq soatbay haq to‘lash tartibi takomillashtirilgan, tizim uchun professional kadrlar tayyorlashga erishilgan, uning samarali mexanizmlari yaratilgan;
mukofot pullarini belgilashda xizmat faoliyati samaradorligini baholashning reyting natijalari asosida aniqlangan koeffisientlar bo‘yicha berilgan taqdimnomalar asosida hisoblash va uni to‘lash bo‘yicha taklifi Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti tomonidan 49-son buyrug‘i asosida xodimlarga chorak va yil yakunlari bo‘yicha rahbariyat tomonidan berilgan taqdimnomalar asosida mukofot pullarini belgilash va to‘lash jarayonida foydalanilgan (Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona institutining 2020 yil 9 martdagi 01-17/22-0538-son ma’lumotnomasi). Takliflarning joriy etilishi natijasida mukofot pullarini inson omili ishtirokisiz avtomatlashtirilgan tarzda aniqlangan koeffisientlar asosida belgilash amalga oshirilgan, ma’lumotlar olishda vaqt tejalgan va to‘liq shaffoflik ta’minlangan hamda Respublika byudjeti mablag‘lari 2,4 foizga va maxsus jamg‘arma mablag‘lari 3,7 foizga tejalgan.