Radjiev Ayubxon Baxtiyorxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xalq ta’limi tizimida rahbar xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni boshqarish samaradorligini oshirish (umumta’lim maktab direktorlari misolida)”, 13.00.07 –Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1870.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Paxrutdinov Shukriddin Ilyasovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Tashkenbaev Ulugbek Negmatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Ibraymov Askar Esbosinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalq ta’limi tizimi rahbar xodimlari malakasini oshirishni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish orqali ular faoliyatining samaradorligini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab direktorlarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash mexanizmi ulardagi kommunikativ, o‘zini-o‘zi rivojlantirish hamda boshqaruv kompetensiyalarini o‘zini-o‘zi baholash va ekspert baholash orqali takomillashtirilgan;
maktab direktorlarining uch yilda bir marotaba malaka oshirish davriyligiga asoslangan tizimini natijalari jamlab boriladigan an’anaviy, muammoli, maqsadli kurslar hamda muqobil shakllariga asoslangan boshqaruv kompetentligini uzluksiz rivojlantirish tizimiga transformatsiya qilish modeli ishlab chiqilgan;
maktab direktorlarining malaka oshirish ta’limi mazmunini shakllantirish mexanizmi ish beruvchining buyurtmalari, o‘qituvchilarining direktor faoliyatiga bergan baholari, nazorat qiluvchi organlarning taqdimnomalari va maktab kuzatuv kengashining tavsiyalarini tahlil qilish asosida o‘quv modullarini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
maktab direktorlarining ehtiyojlarga asoslangan malaka oshirishini tashkil etish mexanizmi ularga o‘z kompetentligi darajasini diagnostika qilish natijasida aniqlangan ehtiyojlaridan kelib chiqib o‘quv modullarini va o‘qish muddatlarini tanlash asosida individual malaka oshirish traektoriyasini shakllantirish imkoniyatini yaratib berish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
xalq ta’limi tizimida rahbar xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
maktab direktorlarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash mexanizmi ulardagi kommunikativ, o‘zini-o‘zi rivojlantirish hamda boshqaruv kompetensiyalarini o‘zini-o‘zi baholash va ekspert baholash orqali takomillashtirishga doir takliflardan Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 10 dekabrdagi 396-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Sirdaryo viloyati umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish chora-tadbirlari rejasi” hamda “Umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirishda tizim mas’ul xodimlarining asosiy vazifalari bo‘yicha tavsiyanoma”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (XTVning 2020 yil 22 oktyabrdagi 02-02/4-923-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maktab direktorlarining malaka oshirish ta’limini tashkil qilish va uning mazmunini shakllantirishning ehtiyojlarga asoslangan holda tashkil etish mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan;
maktab direktorlarining natijalari jamlab boriladigan an’anaviy, muammoli, maqsadli kurslar hamda malaka oshirishning muqobil shakllariga asoslangan boshqaruv kompetentligini uzluksiz rivojlantirish modelini joriy etish bo‘yicha takliflardan Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 27 apreldagi 110-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlarining onlayn va oflayn shakllarda masofadan malaka oshirishini tashkil etish bo‘yicha muvaqqat yo‘riqnoma”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (XTVning 2020 yil 22 oktyabrdagi 02-02/4-923-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xalq ta’limi tizimida rahbar va pedagog xodimlarni masofadan onlayn va oflayn shakllarda o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan;
maktab direktorlari malakasini oshirish ta’limi mazmunini shakllantirish mexanizmini ish beruvchining buyurtmalari, ichki va tashqi nazorat hamda so‘rovnomalar natijalari asosida o‘quv modullarini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir takliflardan Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 17 avgustdagi 188-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy pedagogik ma’lumotli kadrlarni turdosh mutaxassislikka kasbiy qayta tayyorlashning namunaviy yo‘nalishlari” hamda “Oliy ma’lumotli nopedagog kadrlarni pedagogik qayta tayyorlashning namunaviy yo‘nalishlari”, shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda pedagog kadrlarning qayta tayyorlash ta’limi mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (XTVning 2020 yil 22 oktyabrdagi 02-02/4-923-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xalq ta’limi pedagog kadrlarini qayta tayyorlashni tashkil etishning yangi tartibi, 26 ta o‘quv reja va 32 ta dasturlari ishlab chiqilgan hamda amaliyotga joriy etilgan;
maktab direktorlarining ehtiyojlarga asoslangan malaka oshirishini tashkil etish mexanizmini o‘qitishning kredit-modul tizimi hamda uzluksiz ta’lim tizimini joriy etish orqali takomillashtirishga doir takliflardan regulation.gov.uz portalida e’lon qilingan ID 9467-raqamli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi to‘g‘risida” qarori loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (XTVning 2020 yil 22 oktyabrdagi 02-02/4-923-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur qaror xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirish tizimini doimiy ravishda malaka oshirishni nazarda tutuvchi uzluksiz malaka oshirish tizimiga transformatsiya qilish imkoniyatini yaratadi.