Kadrekova Almaz Kud`yarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bola huquqlarini himoya qilishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2020.4.PhD/Ped1068.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Jamoldinova Odinaxon Rasulovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziev Erkin Iskandarovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mirsolieva Muhabbat To‘xtasinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bola huquqlarini himoya qilishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan huquqiy ta’lim mazmunini didaktik jihatdan takomillashtirish asosida o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchilarda bola huquqlariga oid tushunchalarni rivojlashtirish bosqichlari hamda texnologik aspektlari (interaktiv, dialogik, hamkorlikda o‘qitish, axborot texnologiyalari) aniqlangan;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarida bola huquqlariga oid bilimlarning shakllanganlik darajasini belgilovchi indikatorlar aniqlangan hamda «Street law» loyihasi doirasida maktab yetakchilarining o‘z tengdoshlari o‘rtasida bola huquqlariga oid bilimlarni targ‘ib qilishga qaratilgan volontyorlik faoliyati samaradorligi baholangan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining bola huquqlariga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va huquqiy savodxonligini oshirishda huquqiy-pedagogik vaziyatlarni modellashtirish, kazusli vaziyatlar va innovatsion texnologiyalarning samaradorligi aniqlangan;
bolaning ta’lim olish huquqini ta’minlash maqsadlariga erishishni baholash va monitoring qilish orqali ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning voyaga etmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni yanada oshirishning huquqiy mexanizmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bola huquqlarini himoya qilishning mexanizmlarini takomil¬lashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchilarda bola huquqlariga oid tushunchalarni rivojlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan ta’lim muassasalarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishning samarali mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirli¬gi¬ning 2020 yil 29 iyuldagi 06-06/4-2351-son ma’lumotnomasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining 2019 yil 3 iyundagi 8/3-228/8-son ma’¬lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarida bola huquqlariga doir bilim, ko‘nikma va malakalarining shakllanishiga shuningdek, bola huquqlarining qonuniy kafolatlarini ta’minlashda dav¬lat va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligiga erishilgan;
“Street Law” loyihasi doirasida maktab yetakchilarining o‘z teng¬dosh¬lari orasida bola huquqlariga oid bilimlarni targ‘ib qilishga qara¬tilgan volontyorlik faoliyatini tashkil etishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasining “Volontyorlik to‘g‘risida”gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik pala¬tasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zi¬ni o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2020 yil 14 yanvardagi 05/1-09-03-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan jismoniy shaxslar volontyorlik faoliyatini, ularning sog‘lig‘iga hamda axloqiy rivojlanishiga zarar etkazmagan va o‘quv jarayonini buzmagan holda amalga oshirishining huquqiy asoslari yaratilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining huquqiy savodxonligini oshirishda huquqiy-pedagogik vaziyatlarni modellashtirish, kazusli vaziyat¬lar va innovatsion texnologiyalarni qo‘llashga doir taklif va tavsiyalardan A-1-064-raqamli “O‘zbekistonda bolalar farovonligini ta’min¬lashni modernizatsiya qilishning pedagogik texnologiyasi” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirli¬gi¬ning 2020 yil 29 iyuldagi 06-06/4-2351-son ma’lumotnomasi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2020 yil 16 yanvardagi 04-13/196-sonli ma’lumot¬no¬ma¬si). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari, mahaliy va hududiy Sardorlar kengashi, shuningdek, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy kengashlari faoliyatining samaradorligiga erishilgan. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi dasturlari takomillashtirilgan;
bolalarning ta’lim olish huquqini ta’minlash maqsadlariga erishishni baholash va monitoring qilish orqali ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning voyaga etmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarini yanada oshirishning huquqiy mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodek¬siga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish tug‘risida”gi O‘zbekiston Qonuni loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’-lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2018 yil 6 avgustdagi 04/5-05-116-son ma’lumotnomasi). Natijada, qabul qilingan qonun ota-onalarning farzandlari oldidagi majburiyatlarini yanada oshirishga, voyaga etmaganlar orasida huquqbuzarliklarni sodir etishning oldini olishga, ularning ta’lim olishga bo‘lgan huquqlarining himoyasini kengaytirishga, voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlashga xizmat qilgan.