Komilov Avazbek Bokijonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tadbirkorlarni huquqiy himoya qilishga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazoratining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Yu342.
Ilmiy rahbar: Okyulov Omonbay, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Salomov Baxrom Salomovich, yuridik fanlar doktori; Abdurahmonxo‘jaev Jamoliddin Xusanxon o‘g‘li, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tadbirkorlarni huquqiy himoya qilishga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazoratining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlarni huquqiy himoya qilishga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazoratining tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoyalash, tadbirkorlar huquqlarining ustuvorligi, tadbirkorlik sub’ektlarining o‘zaro ishlariga aralashmaslik, yashirin iqtisodiyot sub’ektlari faoliyatini qonuniylashtirishga yordam berish tamoyillari asosida tashkil etilishi zarurligi ilmiy isbotlangan;
prokuror nazoratini tashkil etishda prokurorlar e’tibori aholini (jumladan, xotin-qizlarni) tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, buning uchun zarur shart-sharoit va imkoniyat yaratish, javobgarlik belgilash tizimini engillashtirishga qaratilishi lozimligi asoslab berilgan;
noo‘rin prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilishi tadbirkorlarni huquqiy himoya qilishga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazoratning sifati va ta’sirchanligiga salbiy ta’sir etuvchi omil ekanligi ilmiy isbotlangan;
prokuror nazorati samaradorligini kuchaytirish uchun tadbirkorlarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish choralarini ko‘rish, tadbirkorlar huquq va manfaatlariga daxldor axborotlarni olishda shaffoflikni ta’minlash, bu borada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish zarurligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadbirkorlarni huquqiy himoya qilishga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazoratining tashkiliy-huquqiy asoslarini tadqiq etishning ilmiy natijalari asosida:
tadbirkorlarni huquqiy himoya qilishga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazorati tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoyalash, tadbirkorlar huquqlarining ustuvorligi tamoyillari asosida tashkil etilishi zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2017 yil 24 noyabrdagi “Ijtimoiy va iqtisodiy qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 166-sonli buyrug‘i 1-bandi 5-xatboshisi va 4.1-bandi 2-xatboshisida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2020 yil 30 sentyabrdagi 30/8-20-797-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklif tadbirkorlar huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish va ular huquqlarining ustuvorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
prokuror nazoratini tashkil etishda prokurorlar e’tibori aholini (jumladan, xotin-qizlarni) tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, buning uchun zarur shart-sharoit va imkoniyat yaratish, javobgarlik belgilash tizimini engillashtirishga qaratilishi lozimligi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 avgustdagi “Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6041-sonli Farmoni 5-bandi uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2020 yil 24 avgustdagi 30/8-20-652-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklifning qabul qilinishi fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, javobgarlik tizimini engillashtirishga xizmat qilgan;
prokurorlar tomonidan noo‘rin prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilishi tadbirkorlarni huquqiy himoya qilishga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat sifati va ta’sirchanligiga salbiy ta’sir etuvchi omil ekanligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2020 yil 20 iyundagi “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va uning kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini tashkil etishda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar to‘g‘risida”gi 30,10.2/5-20-07/57-sonli tanbehi 11-xatboshisi va 24-qismi 1-bandining 3-xatboshisida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2020 yil 18 avgustdagi 30/8-20-633-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi tadbirkorlarni himoya qilishga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazoratining sifati va ta’sirchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tizimli kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qilgan;
prokuror nazorat samaradorligini kuchaytirish uchun tadbirkorlarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish choralarini ko‘rish, tadbirkorlar huquq va manfaatlariga daxldor axborotlarni olishda shaffoflikni ta’minlash, bu borada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish zarurligiga oid taklif “Biznes Sarbon” elektron axborot tizimida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2020 yil 17 avgustdagi 30/8-20-630-son ma’lmuotnomasi). Natijada, ushbu mobil` ilova fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, axborotlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lmagan va o‘z biznesini boshlayotgan aholi qatlamlariga hamda tadbirkorlarga zarur ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini yaratgan.