Nurumbetova Sadoqat Allayarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Trasologik ekspertizalar o‘tkazishni takomillashtirish», 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Yu169.
Ilmiy raxbar: Mamatqulov To‘lqin Boyxo‘rozovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Zakurlaev Abdumutal Karimovich, yuridik fanlar doktori, dotsent;  Qulmatov Sharof Asadovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  trasologik ekspertizalarni o‘tkazishni takomillashtirishga xizmat qiluvchi taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tergovga qadar tekshiruv bosqichida ekspertning bila turib yolg‘on xulosa berishi yoki yolg‘on xulosa berish uchun ekspertni pora evaziga og‘dirib olish, shuningdek unga yoxud uning yaqin qarindoshlariga ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatish orqali uni yolg‘on xulosa berishga majbur qilish harakatlari uchun jinoiy javobgarlik belgilash zarurati asoslantirilgan;
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining ekspertiza (shu jumladan, trasologik) tayinlash haqidagi qarori tergovga qadar tekshiruv bosqichida ekspertiza o‘tkazish uchun asos bo‘lib hisoblanishi isbotlangan;
sifatli va maqbul dalillarni to‘plash samaradorligini oshirish uchun qonun hujjatlarida davlat sud-ekspertiza muassasasi tomonidan amalga oshirilgan sud ekspertizasi (shu jumladan, trasologik) xulosasi bo‘yicha qo‘shimcha, qayta, komissiyaviy va kompleks sud ekspertizalarining nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan ham o‘tkazilishi mumkinligini belgilash zarurati va afzalliklari asoslantirilgan;
tadqiqot uchun taqdim etilgan ob’ektlarning shikastlanishi (buzilishi) yoki sarflanishi talab etiladigan hollarda, bunday holat yuzasidan ekspertiza tayinlagan organ (mansabdor shaxs)ni ogohlantirish sharti va tartibini idoraviy hujjatlarda belgilash zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Trasologik ekspertizalar o‘tkazishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tergovga qadar tekshiruv bosqichida ekspertning bila turib yolg‘on xulosa berishi yoki yolg‘on xulosa berish uchun ekspertni pora evaziga og‘dirib olish, shuningdek unga yoxud uning yaqin qarindoshlariga ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatish orqali uni yolg‘on xulosa berishga majbur qilish harakatlari uchun jinoiy javobgarlik belgilash haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 23 maydagi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-542-son Qonunining 25-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2020 yil 19 fevraldagi 06/1-06/498-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi ekspertlarning ekspertiza xulosalarini to‘g‘ri berish borasidagi mas’uliyatini oshirishga xizmat qilgan;
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining ekspertiza (shu jumladan, trasologik) tayinlash haqidagi qarorining tergovga qadar tekshiruv bosqichida ekspertiza o‘tkazish uchun asos bo‘lishiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 23 maydagi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-542-son Qonunining 25-moddasi uchinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2020 yil 19 fevraldagi 06/1-06/498-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi ekspertizaga taqdim etiladigan tekshiruv ob’ektlariga nisbatan to‘g‘ri va asosli xulosalar berishga doir amaliyotni ta’minlashga xizmat qilgan;
sifatli va maqbul dalillarni to‘plash samaradorligini oshirish uchun qonun hujjatlarida davlat sud-ekspertiza muassasasi tomonidan amalga oshirilgan sud ekspertizasi (shu jumladan, trasologik) xulosasi bo‘yicha qo‘shimcha, qayta, komissiyaviy va kompleks sud ekspertizalarining nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan ham o‘tkazilishi mumkinligini belgilashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 martdagi «Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 180-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan nizomning o‘n ikkinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2020 yil 14 oktyabrdagi 12/20-15-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi trasologik ekspertizalar o‘tkazishning sifati va shaffofligini ta’minlashga hamda bu boradagi amaliyot samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
tadqiqot uchun taqdim etilgan ob’ektlarning shikastlanishi (buzilishi) yoki sarflanishi talab etiladigan hollarda, bunday holat yuzasidan ekspertiza tayinlagan organ (mansabdor shaxs)ni ogohlantirish sharti va tartibini idoraviy hujjatlarda belgilashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2017 yil 18 iyundagi «Ekspert-kriminalistika bo‘linmalari ish faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida»gi 108-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan yo‘riqnomaning 90-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2019 yil 30 sentyabrdagi 21/1225-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi trasologik tadqiqotlar uchun taqdim etilgan ob’ektlar bilan ishlashda mavjud bo‘lgan qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqning to‘ldirilishi va ziddiyatlarning bartaraf etilishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish