Muratxodjaeva Lobarxon Eldor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bokschi-sportchilarni tayyorgarlik jarayoniga tabaqalashtirilgan tibbiy-biologik dastur ishlab chiqish», 14.00.38 – Sport tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib1023.
Ilmiy rahbar: Sadikov Abdushukur Abdujamilevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Roza Talanovna; tibbiyot fanlari doktori, professor; Yuldasheva Gulchexra Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sportchi-bokschilarni tayyorlashga differensirlashgan tibbiy-biologik dasturlarni ishlab chiqish va uni boksdagi mashg‘ulot yuklamalarini takomillashtirishdagi samaradorligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bokschilarning mashg‘ulot va malaka bosqichlari asosida klinik-laborator parametrlari va fiziologik qiymatlari o‘zaro korrelyasion bog‘liqligi asoslangan;
musobaqalar natijalarni bashorat qilishda klinik-laborator monitoring ma’lumotlari asosida diagnostik taxlilini baxolashning yangi yondoshuvi ishlab chiqilgan;
sportchilar organizmini jismoniy zo‘riqishga moslashishini erta aniqlashning klinik-laborator mezonlaridan: endotoksemiya, immunologik va gematologik parametrlar, gormonal faollik o‘zgarishi aniqlangan;
bokschilarning kompleks nazorati tarkibiy qismlari sifatida eng informatsion bo‘lgan: kortizol, 3-metilgistidin, ferritin, endogentoksin mediko-biologik ko‘rsatkichlariga bog‘liqligi isbotlangan;
bokschilarning mashg‘ulot jarayonini kompleks nazorat qilish tizimi mediko-biologik quvvatlash dasturi asosida jismoniy zo‘riqishni erta aniqlash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olingan ilmiy natijalar asosida sportchi-bokschilarni tayyorlashga differensiyalashgan yondashuvning tibbiy-biologik tahlili va mashg‘ulot yuklamalarini korreksiya qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
"Bokschilarni tibbiy-biologik quvvatlash dasturini ishlab chiqish" uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2020 yil 22 iyundagi 8n-R/182-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma sportchilarni tayyorlash jarayonida zo‘riqishni rivojlantirishni tibbiy-biologik quvvatlash usullari yordamida asosiy simptomlar aniqlanilgash va ularni korreksiyasi qilish bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqish imkonini yaratgan;
bokschilarni tayyorlash jarayonida biokimyoviy degradatsiya sindromi (gipoksik) rivojlanishini o‘z vaqtida aniqlash va mashg‘ulotlardan stressni oldini olish bo‘yicha olingan natijalar O‘zbekiston Boks Federatsiyasi va Kurash Assotsiatsiyasiga tadbiq etilgan (Jismoniy madaniyat va sport vazirligining 2020 yil 14 iyuldagi 02-07-08-1999-son va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 iyundagi 8n-R/182-son ma’lumotnomalari). Olingan natijalarni amalga oshirish sportchilarning natijalarini ularning individual, tibbiy, biologik va fiziologik holatiga tiklash, nuqsonli sindromni erta aniqlash, fiziologik holat tiklanish davrining qisqarishini hisobga olgan holda uzluksiz mashg‘ulotlarga qaytish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish