Sayimbetov Sharafatdin Urakbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «XX asr ikkinchi yarmi qoraqalpoq poemalarining poetik hususiyatlari» (1955-1980 yy.), 10.00.12 – Qoraqalpoq adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil642.
Ilmiy rahbar: Bekbergenova Ziyada Utepovna, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Orazimbetov Quvonishboy Kelimbetovich, filologiya fanlari doktori, professor; Bekbergenova Mariya Dosbergenovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qoraqalpoq poemalarining poetikasini, lirik ifodalash va epik, liro-epik, romantik, liro-dramatik, dramatik tasvirlash usullarini, shuningdek, poemalarning janriy va badiiy hususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon adabiyotshunosligida shakllangan nazariy-estetik qarashlar asosida qoraqalpoq poemalarining adabiy rivojlanish qonuniyatlari to‘ldirilgan hamda janriy-poetik xususiyatlari aniqlangan;
davr poemalarining milliy manbalari xalq og‘zaki ijodiyotidagi doston janri va mumtoz adabiyot an’analari, sharq dostonchiligi va jahon poemachiligining ta’sirida paydo bo‘lib, rivojlanganligi ilmiy jihatdan dalillangan;
janrlarning o‘zaro diffuziyalanish holatlari davr poemalarining qo‘rilishida liro-epik, liro-dramatik, dramatik, romantik tasvirlashlarning shakllanishiga va janrning g‘oyaviy-badiiy rivojlanishiga asos yaratganligi isbotlangan;
troplar va stilistik figuralarning, shuningdek, poetik fonetikaning (alliteratsiya va assonanslarning) davr poemalari qurilishida tutgan o‘rni va badiiy-estetik xizmatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpoq poemalarining poetikasini, janriy va badiiy hususiyatlari tadqiqi jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
qoraqalpoq adabiyotida poema janrining xalq og‘zaki va klassik adabiyoti an’analari tasirida paydo bo‘lganligi, milliy adabiyotimiz tarixida poemalar lirik ifoda, liro-epik, liro-dramatik, dramatik, romantik tasvirlash usullarining kuchayishi bilan janriy jihatdan rivojlanganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-GOO2 raqamli «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan. (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 14 sentyabr`dagi №17.01/94 son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur xulosalar poema janrining nazariy tavsif va tamoyillarini yoritishda hamda asar badiiyatining ifodalanishi masalalarini talqin qilish bilan bog‘liq tadqiqotlarni amalga oshirishga asos bo‘lgan;
davr poemalarining badiiylik xususiyatlari, janriy o‘ziga xosligi, ularning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati, lirik, epik, liro-epik, liro-dramatik tasvirlarni yaratishdagi mahorat masalalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkillashtirilgan yosh ijodkorlar ilmiy-amaliy anjumanlarida ma’ruza shaklida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2020 yil 3 iyul`dagi 53-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh talant egalariga milliy adabiyotimiz tarixida poemalarning poetikasi, janriy va badiiy hususiyatlari haqida umumiy tushunchalar berilgan;
qoraqalpoq poemalarida tasvirlangan yosh avlodni vatanparvarlik, milliy g‘oya va mentalitetni teran anglashga yo‘naltiruvchi ahamiyatga ega ilmiy-nazariy qarashlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradio kompaniyasining «Adabiyot va davr», «Assalomu aleykum Qoraqalpog‘iston!», «Adabiyot bo‘stoni», «Xalq durdonasidan», «Yoshlar vaqti», «Me’ros» singari teleko‘rsatuv va eshittirishlarida foydalanilgan. (Qoraqapog‘iston teleradiokomponiyasining 2020 yil 9 sentyabr`dagi №01-02/173-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv va eshittirishlarning ilmiy ommabopligi ta’minlangan hamda yangi manbalar bilan boyitilgan.