Xaboxunova Roziyaxon Shodmonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek mumtoz adabiyotining o‘rganilishida akademik Aziz Qayumov ilmiy maktabining o‘rni», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil136.
Ilmiy rahbar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: To‘xliev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor; Qobilova Zeboxon Bakirovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: Akademik Aziz Qayumov ilmiy maktabining o‘zbek mumtoz adabiyoti muammolarini o‘rganishda tutgan o‘rni, tadqiqot usullari, mezonlari va natijalarini ilmiy-nazariy asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adabiyotshunoslikda ilmiy maktab istilohining yangi ilmiy qarashlar muallifi bo‘lgan asoschi va uning g‘oyalari tadqiqotchilarning bir necha avlodi tomonidan davom ettirilishi hamda yangilanishi zarurati singari ilmiy-nazariy xossalari asoslangan;
Alisher Navoiy “Xamsa”siga doir Aziz Qayumov talqinlarining dostonlar muqaddimalari tahlili, har bir doston mazmunining muxtasar sharhi, obrazlar talqini, asosiy g‘oyalar poetik ifodasiga oid qarashlar, qahramonlar xarakter va kechinmalari tahlili, dostonlar umumsyujetida hikoyat va hikmatlar o‘rnining baholanishi singari ilmiy tamoyillar asosida bajarilgani dalillangan; 
olim tadqiqotlarida mumtoz asarlar matnini ilm ahliga va keng ommaga birday tushunarli tarzda sharhlashga qaratilgan germenevtik, manbaga ijtimoiy-tarixiy aspektda yondashuv xususiyatidan kelib chiquvchisotsiologik va Alisher Navoiy asarlarini buyuk shoir hayot yo‘li bilan bog‘liq holda o‘rganishga asoslanuvchibiografik uslub yetakchilik qilishi isbotlangan;
Qo‘qon adabiy muhitini o‘rganishda Aziz Qayumov ilmiy laboratoriyasining ilmiy asarlarini yangi ma’lumotlar bilan muttasil boyitib, tahrir qilib, qayta ishlab, mukammallashtirib borish xususiyati yoritilgan.Olim tadqiqotlarining ilmiy maktab izdoshlari tomonidan qadimgi toshbitiklar tadqiqini takomillashtirish, Alisher Navoiy asarlarining ilmiy-tanqidiy matnlarini yaratish, Amiriy, Furqat, Muqimiy singari Qo‘qon adabiy muhiti namoyandalari adabiy merosining qo‘lyozma manbalar asosida qayta baholanishi orqali tadrijiy davom ettirilgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek mumtoz adabiyotining o‘rganilishida Aziz Qayumov ilmiy maktabining o‘rni mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
adabiyotshunoslikda ilmiy maktab istilohining ilmiy-nazariy xossalari, ya’ni yangi ilmiy qarashlar muallifi bo‘lgan asoschining mavjudligi; olim g‘oyalarining davomchilari bo‘lishi; bu g‘oyalar ilmiy tadqiqotchilarning bir necha avlodi tomonidan davom ettirilishi va yangilanishi zaruratiga doir ilmiy xulosalardan hamda Alisher Navoiy “Xamsa”siga doir olim talqinlarining dostonlar muqaddimalari tahlili, har bir doston mazmunining muxtasar sharhi, obrazlar talqini, asosiy g‘oyalar poetik ifodasiga oid qarashlar, qahramonlar xarakter va kechinmalari tahlili, dostonlar umumsyujetida hikoyat va hikmatlar o‘rnining baholanishi singari ilmiy tamoyillar asosida bajarilganiga doir ilmiy qarashlardan A-1-118 raqamli “Navoiy obrazining tasvir va talqinlariga oid o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va nashr etish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 avgustdagi 89-03-2778-son ma’lumotnomasi). Natijada Aziz Qayumov ilmiy maktabining xamsashunoslikka doir tadqiqotlar takomilidagi o‘rni, Alisher Navoiy biografiyasi, lirik she’rlari,  dostonlari, diniy-tasavvufiy mavzudagi asarlarini o‘rganishdagi ahamiyati, olim tadqiqotlarida germenevtik, sotsiologik va biografik metodlarning samaradorlik darajasi bo‘yicha asosli ilmiy-nazariy xulosalar chiqarilgan;
Aziz Qayumov tadqiqotlarida mumtoz asarlar matnini ilm ahliga va keng ommaga birday tushunarli tarzda sharhlashga qaratilgan germenevtik, manbaga ijtimoiy-tarixiy aspektda yondashuv xususiyatidan kelib chiquvchi sotsiologik va Alisher Navoiy asarlarini buyuk shoir hayot yo‘li bilan bog‘liq holda o‘rganishga asoslanuvchi biografik uslub yetakchilik qilishi bilan bog‘liq qarashlardan hamda Qo‘qon adabiy muhitini o‘rganishda Aziz Qayumov ilmiy laboratoriyasining ilmiy asarlarini yangi ma’lumotlar bilan muttasil boyitib, tahrir qilib, qayta ishlab, mukammallashtirib borgani haqidagi ilmiy xulosalardan ijod maktablaridagi mahorat darslarida, shuningdek, Adabiyotshunoslik va adabiy tanqid kengashi tomonidan o‘tkazilgan anjumanlar dasturi va ma’ruza materiallarini  tayyorlashda  foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2020 yil 7 avgustdagi 01-03-05/700-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek mumtoz adabiyotining xalqaro miqyosda o‘rganalishi va targ‘ib etilishiga, ijod maktablarida tahsil olayotgan yoshlarda kitobxonlik madaniyati oshishi, ularning Alisher Navoiy adabiy merosi va umuman, adabiyot haqidagi tasavvurlari kengayishi hamda adabiy-estetik tafakkuri o‘sishiga erishilgan;
o‘zbek mumtoz adabiyotining o‘rganilishida akademik Aziz Qayumov va ilimiy maktab izdoshlari tadqiqotlarining o‘rni bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” teleradiokanali DUK “Turfa taqdirlar”, “Fikrlar maydoni” eshittirishlarida hamda Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv va eshittirishlarda foydalanilgan(O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 11 avgustdagi 03-09-367-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh iste’dodlar va adabiyot muxlislari akademik Aziz Qayumov va izdoshlarining qadimgi adabiy yodgorliklarga, Alisher Navoiy ijodiga, xamsashunoslikka, Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari adabiy merosiga doir tadqiqotlaridagi yangi ma’lumotlar bilan tanishtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish