Azizova Nasiba Baxridinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat tili maqomi  o‘zbek tili funksional rivojlanishining omili sifatida (ijtimoiy-falsafiy jihatlari)», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Fal243.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02. 
Ilmiy rahbar: Irkaev Abdurahim Panjievich falsafa fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Karimov Baxtiyor Raxmonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Saidqosimov Akbar Isoxonovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:  nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tilining “davlat tili” maqomida funksional rivojlanishining ijtimoiy-falsafiy aspektlarini asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxs ma’naviy qiyofasida tilning hamda  davlat tili maqomida shaxs, jamiyat milliy identligini shakllanishida  o‘zbek tilining estetik, ta’lim, ilmiy, axborot uzatish singari ijtimoiy vazifalarining ta’siri mantiqiy isbotlangan;
o‘zbek tiliga “davlat tili” maqomi berilishi va lotin alifbosiga o‘tkazilishining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy ahamiyati davr xarakteri asosida epistemologik jihatdan dalillangan;
o‘zbek tilining ekspressiv funksiyasi (insonning ma’lum bir hodisaga his-tuyg‘ulari orqali munosabati)ning shaxs milliy va badiiy tafakkuri rivojiga ta’siri falsafaning atributiv kategoriyalari vositasida aniqlangan;
globallashuv jarayonida o‘zbek tilining ijtimoiy ahamiyatlilik (glottometriyasi) darajasini oshirish, uni saqlab qolish hamda rivojlantirishning tizimlilik, izchillik, uzluksizlik singari mezonlari BMT va YuNESKO hujjatlari kontekstida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Davlat tili maqomi hamda o‘zbek tili funksional rivojlanishining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini tadqiq qilish natijalari asosida:
shaxs ma’naviy qiyofasiga tilning, xususan o‘zbek tilining davlat tili maqomida shaxs, jamiyatning milliy identligini shakllanishidagi ta’siriga doir taklif va tavsiyalaridan 2007-2011 yillarda bajarilgan “Hozirgi zamon sivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri” mavzusidagi OT-F8-002 raqamli fundamental tadqiqot loyihasi ijrosida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 iyuldagi 89-03-2812-son ma’lumotnomasi). Bu esa mazkur fundamental tadqiqot loyihasiga manba sifatida xizmat qilgan;
o‘zbek tiliga “davlat tili” maqomi berilishi va lotin alifbosiga o‘tkazilishining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy ahamiyati davr xarakteri asosida epistemologik jihatdan aniqlashtirilganligiga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaror dasturining V bob ijrosi “Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot tadbirlari”ni ishlab chiqish va 2019 yil 31 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror dasturining III bob, 39 band “Tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar barcha ta’lim muassasalari, jumladan, ta’lim boshqa tilda olib boriladigan maktablarda davlat tiliga hurmat, milliy ma’naviy meros va qadriyatlarga qiziqishni rag‘batlantirish uchun etarli shart-sharoitlar yaratish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2020 yil 11 avgustdagi 02/01-678-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolarning tilga bo‘lgan e’tiborini, hurmatini oshirishga, davlatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarga nisbatan dunyoqarashini rivojlantirishga va intellektual salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy profilaktika ishlari natijadorligiga xizmat qilgan; 
o‘zbek tilining ekspressiv funksiyasining shaxs milliy va badiiy tafakkuri rivojiga ta’sirini aniqlashga oid taklif va tavsiyalaridan 2007-2011 yillarda bajarilgan “Hozirgi zamon sivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri” mavzusidagi OT-F8-002 raqamli fundamental tadqiqot loyihasi ijrosida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 iyuldagi 89-03-2812-son ma’lumotnomasi). Bu esa, o‘z navbatida ilmiy ishdagi nazariy xulosalar loyiha ijrosi uchun manba vazifasini o‘tagan.
mustaqil O‘zbekistonda ikkitillilik (bilingvizm) masalalari va globallashuv jarayonida o‘zbek tilining ijtimoiy ahamiyatlilik (glottometriyasi) - darajasini oshirishga, uni saqlab qolish hamda rivojlantirishga oid nazariy xulosalari va  tavsiyalaridan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan va 2019 yil 13 oktyabrda efirga uzatilgan “Oltin voha” hamda 16 oktyabrda “Til – millat ko‘zgusi” ma’naviy-ma’rifiy teleko‘rsatuvlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2019 yil 28 oktyabrdagi 12-15/1197-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tilining ijtimoiy vazifalari, globallashuv jarayonida o‘zbek tilini rivojlantirish masalalari haqidagi ma’lumotlar jamoatchilikka etkazilgan va bunga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish