Ro‘zimurodov Siroj Madatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oilada sog‘lom va obod turmush tarzini shakllantirishning falsafiy-estetik muammolari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fal146.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02. 
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Aliev Bekdavlat, falsafa fanlari doktori, professor; Choriev Sanjar Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oilada sog‘lom va obod turmush tarzini shakllantirishning falsafiy rivoji va axloqiy-estetik jihatlarini ilmiy tadqiq etish hamda amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilada sog‘lom ijtimoiy muhit, milliy mentalitet va diniy qadriyatlarning o‘zaro uyg‘unligi oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish omili ekanligi mantiqiy asoslangan;
o‘zbek oilasida nikoh va etnomadaniy marosimlarning axloqiy-huquqiy reglamentlashtirishi (tartibga solish) sog‘lom turmush madaniyatini shakllantirishning birlamchi asosi ekanligi sotsiometrik kuzatuv vositasida isbotlangan;
sog‘lom turmush tarzining etnomadaniy (urf-odat shaklida) va etnoestetik (qadriyatli, falsafiy) shakllari oila institutining tarixiy va zamonaviy ko‘rinishlarda namoyon bo‘lgani aniqlangan;
oilada sog‘lomlashtirish jarayonini chuqurlashtirishda ijtimoiy (sport, jismoniy tarbiya, oilani rivojlantirish konsepsiyasi) va axloqiy-estetik (go‘zal xulq, sog‘lom avlod, etnoestetik qadriyatlar) omillarning turmushni farovonlashtirishdagi roli falsafiy kategoriyalar (sabab va oqibat) asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Oilada sog‘lom va obod turmush tarzini shakllantirishning falsafiy-estetik muammolarini tadqiq etish asosida: 
oilada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy muhit, milliy mentalitet va diniy qadriyatlarning o‘zaro simbioz rivojlanishi ko‘rsatib berilganligi, fuqarolik jamiyati talablariga ko‘ra oiladagi milliy marosimlarning etnoestetik, sog‘lom turmush tarzi estetikasi sifatida takomillashib borishiga oid taklif va xulosalaridan 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-039 raqamli “Yoshlarni intellektual salohiyatini shakllantirishda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 noyabrdagi 89-03-4239-son ma’lumotnomasi). Bu esa yoshlarni intellektual salohiyatini shakllantirishda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘zbek oilasida nikoh va etnomadaniy marosimlarning axloqiy-huquqiy reglamentlashtirish, sog‘lom turmush madaniyatini shakllantirishga oid taklif va tavsiyalardan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan viloyat kesimida 2019 yil iyun`-iyul` oylarida o‘tkazilgan “Oilalarda sog‘lom muhitni yaratish, salbiy holatlarning oldini olish” dasturi ssenarisini tuzishda va ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining 2019 yil 30 oktyabrdagi 02-02/735-son ma’lumotnomasi). Natijada, oilada yuzaga keladigan muammolarning oldini olish va ularning echimlarini topishga amaliy jihatdan xizmat qilgan;
oila institutining ijtimoiy-tarixiy shakllari va zamonaviy turlarida sog‘lom turmush tarzi etnomadaniy (urf-odat shaklida), etnoestetik (qadriyatli, falsafiy) shakllarda namoyon bo‘lgani aniqlanganligiga doir taklif va tavsiyalardan “Ma’naviyat tarixi va nazariyasi” nomli darslikning “Milliy g‘oyada inson – eng oliy qadriyat” nomli 8-bobining “Inson, uning sha’ni va qadr-qimmati, huquqi va erkinliklarini ta’minlashning huquqiy kafolatlari” deb nomlangan mavzusini tayorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi 89-06-88-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqimizning tarixiy-milliy qadriyatlari, an’analariga suyangan holda, ularni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish asosida milliy xarakterimizga xos turmush tarzini takomillashtirish hamda yoshlarni sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishga xizmat qilgan;
oiladagi sog‘lomlashtirish jarayonini chuqurlashtirishda ijtimoiy-siyosiy (sport, jismoniy tarbiya, oilani rivojlantirish konsepsiyasi) va axloqiy-estetik omillarning turmushni estetiklashtirishdagi roliga oid taklif va tavsiyalardan Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining “Joylarda ijtimoiy muammolarni hal etishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish” mavzusidagi 46-11/50 raqamli grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2019 yil 18 sentyabrdagi 26-son ma’lumotnomasi). Natijada, oilada sog‘lom turmush tarzini va madaniyatini rivojlantirishda, oila institutini ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-axloqiy jihatdan takomilga etkazish va obod jamiyatning kuch-qudrat manbai haqida zamonaviy tafakkurni shakillantirish borasidagi ustuvor, ahamiyat berish kerak bo‘lgan vazifalarini aniqlashtirib olishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish