El-Said Moxamed Abo-Daxab Xedarining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qaytuvchi va uzatiluvchi magnito-termoelastik to‘lqinlar va sirt to‘lqinlarining tarqalish masalalarini matematik modellashtirish», 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (fizika-matematika fanlari).
Ilmiy maslahatchi: Aripov Mersaid, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Misrning janubiy vodiy universiteti (South Valley university Egypt).
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSC.03/30.12.2019.FM.01.02.
Rasmiy opponentlar: Maxmud Abdel-Ati, fizika-matematika fanlari doktori, professor (Misr); Xujayorov Baxtiyor, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Aloev Raxmatillo Djuraevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi muhandislik, geofizika, biologiya, materialshunoslik va neft qazib olish sohalari uchun termoelastiklik nazariyasi asosida to‘lqinlarning qaytish, uzatish va tarqalish jarayonlari matematik va sonli modellashtirish, tashqi ta’sirlar ostida to‘lqinlarning tarqalish tezligi, amplitudasi va so‘nish koeffisientlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumlashgan magnit-termoelastik nazariyasi doirasida kuchlanish (shock), termal tashqi kuchlar ostida bo‘lgan ikki o‘lchovli yarim tekislikda rotatsiya, bo‘shliqlar, diffuziya, fototermal, yarimo‘tkazgichlar kabi faktorlarni hisobga olgan holda “boshlang‘ich kuchlanish” va ikki parametrli temperaturalarni o‘z ichiga olgan termoelastik modellar yaratilgan;
termoelastik modellar uchun Lyame potensiallar usuli yordamida bir relaksatsion vaqtli va to‘lqin tezligining cheksizligini inobatga oluchi Lord-Shulman masalasi echilgan; 
ikki relaksatsion vaqtga bog‘liq holda Green-Lindsay, Green-Nagdhi, Dual-Phase-Lag, Three-Phase-Lag termoelastiklik nazariyalari doirasida chekli to‘lqin tezligini aniqlash masalasi echilgan; 
boshlang‘ich kuchlanishlar ta’sirida termoelastik to‘lqinlarining magnitlangan qattiq-suyuq jismlar chegarasida qaytish va o‘tkazuvchanlik (sinish) masalalari echilgan; 
termoelastiklikning GL va CT nazariyalari doirasida magnit maydonning, tashqi issiqlik manbalarining va boshlang‘ich kuchlanishlarning p, T va SV to‘lqinlarning tarqalishiga ta’siri aniqlangan;
elektromagnit maydon, fototermik, yarimo‘tkazgich, gravitatsion maydon, rotatsiya va boshlang‘ich kuchlanish kabi faktorlar ta’sirida bir jinsli bo‘lmagan anizotrop siqilmaydigan muhitda ko‘ndalang to‘lqinlarning tarqalish masalasi echilgan;
sonli hisoblash eksperimenti natijalarining tahlillari asosida ko‘ndalang to‘lqinlarining tarqalish tezligi tarqalish yo‘nalishiga, jismning anizotroplik xossasiga, magnit maydoniga, rotatsion aylanishga, gravitatsion maydonga, muhitning birjinli emasligiga va boshlang‘ich kuchlanishlarga bog‘liqligi ko‘rsatilgan; 
ko‘ndalang to‘lqinlarining tezligini aniqlovchi chastota tenglamasi olingan va ikki tushuvchi p va SV to‘lqinlar uchun qaytaruvchanlik koeffisientlari topilgan; 
metallar uchun to‘lqin tarqalishi masalalari sonli echilgan va natijalar grafik ko‘rinishda taqdim etilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Muhandislik, geofizika, biologiya, materialshunoslik va neft qazib olish sohalari uchun termoelastiklik nazariyasi asosida to‘lqinlarning qaytish, uzatish va tarqalish jarayonlari matematik va sonli modellashtirish, tashqi ta’sirlar ostida to‘lqinlarning tarqalish tezligi, amplitudasi va so‘nish koeffisientlarini aniqlashda olingan natijalar asosida:
ikki relaksatsion vaqtga bog‘liq xolda Green-Lindsay, Green-Nagdhi, Dual-Phase-Lag, Three-Phase-Lag termoelastiklik nazariyalari doirasida chekli to‘lqin tezligini aniqlash masalasini echish usullaridan xorijiy ilmiy jurnallarda (Optics & Laser Technology, Volume 97, 1 December 2017, Pages 198-208; Chaos, Solitons & Fractals, Volume 99, June 2017, Pages 233-242; Applied Mathematics and Mechanics volume 39, 2018, pages783–796) sferik bo‘shliqqa ega termoelastik cheksiz muhitda bir o‘lchovli to‘lqin tarqalish masalasini echishda foydalanilgan. Ilmiy natijaning qo‘llanilishi fototermik jarayonlar orqali elastiklik va issiqlik to‘lqinini hisobga olgan holda to‘lqin tarqalish masalasini echish imkonini bergan.
boshlang‘ich kuchlanishlar ta’sirida termoelastik to‘lqinlarining magnitlangan qattiq-suyuq jismlar chegarasida qaytish va o‘tkazuvchanlik (sinish) masalalari echimlaridan xorijiy ilmiy jurnallarda (Applied Mathematical Modelling, Volume 78, February 2020, Pages 148-168; J. Heat Transfer. Jul 2019, 141(7): 072002, 7 pages; Journal of Thermal Stresses, Volume 43, - Issue 6, 2020, Pages 667-686) sirt to‘lqinlari asosida gidrostatik boshlang‘ich kuchlanishga ega ikki haroratli umumlashgan magnito-termoelastiklik tenglamalarini echishda foydalanilgan. Ilmiy natijaning qo‘llanilishi Rele tipidagi to‘lqinlar uchun chastota tenglamasini hosil qilish, to‘lqin tarqalish tezligi va yutilish koeffisientini hisoblash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish