Sulaymonov Husanboy Mannopovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qo‘rg‘oshin va vismut xal`kogenidlari birikmalaridan tayyorlangan strukturalarda pezoqarshilik hodisalari”, 01.04.07 – Kondensirlangan holat fizikasi (fizika-matematika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/FM39. 
Ilmiy rahbar: Yuldashev Nosirjon Xaydarovich, fizika-matematika fanlari doktori, pofessor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, RhD.03/27.02.2020.FM.106.01.
Rasmiy opponentlar: Nuritdinov Izzatillo, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Rasulov Rustam Yavkachovich, fizika-matematika fanlari doktori,  professor;
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnalogiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi PbS turidagi kristallar, polikristallar va polikristall plyonkalar pezoqarshiligining yangi mexanizmlarini aniqlash va ular asosida barqaror, chiziqli deformatsion xarakteristikaga ega bo‘lgan plyonkali tenzodatchiklar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
PbS turdagi monokristall yarimo‘tkazgichlar siljish m44 va hajmiy (m11+2m12/3) elastoqarshilik koeffisientlarini zaryad tashuvchilar effektiv massasi va taqiqlangan zona kengligi bilan bog‘liq "kichik effektlar"ni inobatga olgan holda hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
ilk marta polikristall yarimo‘tkazgichlarning tenzosezgirligini deformatsiya va tok yo‘nalishiga parallel hamda perpendikulyar potensial to‘siqlar va sirt holatlarga bog‘liq holda hisoblash usuli ishlab chiqilgan;  
polikristall plenkalar VAXi donlararo interfeys orqali tok o‘tishining tunnel` va Shottki mexanizmlari asosida hisoblangan va PbS, PbSe plenkalar VAXlariga yaxshi mos kelishi ko‘rsatilgan; 
PbTe:Pb polikristall plenkalar qalinligi, legirlash darajasi va siqilish deformatsiyasi ortishi bilan donlararo potesial to‘siqlar pasayishi tufayli Xoll harakatchanligi, zaryad tashuvchilar konsentratsiyasi ortishi natijasida tenzorezistor VAXining chiziqlashuvi ko‘rsatilgan;
ilk marta nostexiometrik qo‘rg‘oshin yoki tellur bilan kuchli legrlangan PbTe plenkalarning yutilish spektrlari va deformatsion xarakteristikalarining uzviy korrelyasiyasi o‘rnatilgan;
donlararo interfeys parametrlarining o‘zgarishi va yangi mikroyorilishlar paydo bo‘lishi (Bi0.7Sb0.3)2Te3 plenkalar qarshiligi va tenzosezgirligining siklik deformatsiyalar soni, o‘zgaruvchan tok takrorligi hamda haroratga bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
PbS, PbSe va PbTe yarimo‘tkazgich polikristall plyonkalarining tenzosezgirlik mexanizmlarini tadqiq qilish asosida:  
qo‘rg‘oshin xal`kogenidlarining mono- va polikristallari, polikristall plenkalaridagi deformatsion hodisalarni tahlil qilish uchun ishlab chiqilgan va yarimo‘tkazgich tenzorezistorlarning olish texnologiyasini termovakuum bug‘latish usuli bilan takomillashtirishga imkon beradigan usullar "O‘zeltexsanoat"ning "FOTON" AJda joriy etilgan ("O‘zeltexsanoat"ning 2020 yil 19 iyundagi 04-1/1165-son ma’lumotnomasi). Natijada, yarimo‘tkazgich plenkali tenzorezistorlarni ishlab chiqarish usulini zamonaviylashtirishga olib kelgan;   
PbS turidagi kristallarning elastoqarshilik koeffisientlarini va PbTe:Pb:Te  polikristall plenkalarning qaytarish va yutilish spektrlari yordamida elektronlarning kinetik parametrlarini nazariy hisoblash natijalaridan F-2-21 "Yarimo‘tkazgich-dielektrik chegarasidagi sirt holatlar zichligini aniqlashni matematik modellashtirish" (2012-2016 yy.) mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 iyundagi 89-03-1887-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish kuchli legirlangan yarimo‘tkazgichli strukturalardagi elektron-kinetik hodisalarning fizik mehanizmlarini yorug‘likning xususiy va aralashmali yutilishida tahlil qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish