Muxamadrasulov Shamsiddin Xasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Xom ipak ishlab chiqarishda sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini oshirish», 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1652.
Ilmiy rahbar: Axunbabaev Oxunjon Abduraxmanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy- tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Azamat Eshonqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Bobojonov Xusan Toyirovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ipakchilik sanoatida xom ipak ishlab chiqarish miqdori va sifatini oshirish xamda aholi bandligini ta’minlash, tut bargi hosildorligini ta’minlaydigan tutzorlarni yangi tuzilishlarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chet el va mahalliy usullar hamda ular samaradorligi tahlillari asosida tutzorlar va tut qatorlarini hosil qilishning yangi uslublari ishlab chiqilgan;
yangi tuzilishdagi tutzorlar va tut qatorlarining tut bargi namligiga bo‘lgan ta’sirini o‘rganish asosida yangi tayyorlangan tut barglarida namlik saqlanishining vaqtga bog‘liqlik qonuniyati aniqlangan;
yangi tayyorlangan barglardagi boshlang‘ich namlik bilan bargning real namligi o‘rtasidagi bog‘liqlikdan kelib chiqib, vaqt o‘tgan sayin suv parchalanishiga qaramay, unda saqlanib qoladigan suv miqdori bargning dastlabki namligiga bog‘liqligi va tut bargi o‘zining ozuqadorlik xususiyatini yaxshi saqlab qolishi, barg iste’mol qilinishini ortishi, chiqindilarning kamayishi va bargning tejalishi aniqlangan;
yangi tuzilishdagi tutzorlar va tut qatorlarini tut bargining ozuqadorligiga bo‘lgan ta’siri natijasida yangi tuzilishdagi tutzorlardan olingan barg namunalarida oqsil, aminokislotalar, yuqorimolekulyar polisaxaridlar va kletchatkalar mavjud tutzorlarga nisbatan sezilarli darajada yuqoriligi isbotlangan;
pillalarni dastlabki ishlashda uning sifat ko‘rsatkichlari chuvish jarayoni parametrlariga bog‘liqligidan kelib chiqqan holda ipak chuvish avtomatlarida optimal chuvish tezligini oldindan belgilash formulasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ipakchilik sanoatida xom ipak ishlab chiqarish miqdori va sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida:
tut ekish usullariga O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining ixtiroga patentlari olingan (“Tut daraxti ko‘chatlarini ekish usuli”, № IAP 05222-2016 y., “Tut daraxti ko‘chatlarini ekish usuli”, №IAP 05223-2016 y.). Natijada, tut bargi etishtirish samaradorligi va ipak mahsuloti sifatini oshirish imkoniyati yuzaga kelgan;
ipak etishtirish yangi uslublari Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahridagi “Nurli tong Silk” MChJda joriy etilgan («O’zbekipaksanoat» uyushmasining 2020 yil 14 sentyabrdagi 4-4/18-048-son ma’lumotnomasi). Natijada, ipak olishda xom ipak sarfini kamaytirish, ipak sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkoniyati yaratilgan;
ipak chuvish mashinasining tezlik parametrlari Andijon viloyatining Andijon shahridagi “Harir Tola” MChJda joriy etilgan («O’zbekipaksanoat» uyushmasining 2020 yil 14 sentyabrdagi 4-4/18-048-son ma’lumotnomasi). Natijada, ipak sarfi har 1 kg ipakka 0.3 kg ga kamaygan, ishlab chiqarilgan xom ipak O’z DSt 3313:2018 davlat standarti talablari bo‘yicha 3A sifat navi bilan baholangan.