Mamadalieva Lola Kamildjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Geterotuzilmali fotoo‘zgartirgich va BiTeSb-BiTeSe dan tayyorlangan termoelementlar asosida yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan tanlangan nurlar fototermoo‘zgartirgichlarini yaratish», 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi  (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2019.1.DSc/T254.
Ilmiy maslahatchi: Kasimaxunova Anarxan Mamasadikovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.01.12.
Rasmiy opponentlar: Mamadalimov Abdug‘ofur Teshaboevich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik; Rud` Vasiliy Yur`evich, fizika-matematika fanlari doktori, professor (Rossiya); Tagaev Marat Baymuratovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yorug‘lik energiyasini elektr energiyasiga fototermoelektrik o‘zgartirishni selektiv nurlarda amalga oshiruvchi konstruksiyasini yaratish texnologiyasini ishlab chiqish, uning samara-dorligini oshirish yo‘llarini izlash, shuningdek ularning funksional, texnik va iqtisodiy tavsiflarini o‘rganish va qurilmani qo‘llashning yangi usullarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor fotoelektrik va termoelektrik o‘zgartirgichlar asosida tanlangan quyosh nurlarini fototermoelektrik o‘zgartirish usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor a-Si:H/Si asosida vakuum-magnitron mashina yordamida changlatish usulida orqali HIT elementlardan tayyorlangan yuqori samarali geteroo‘tishli yupqa pardali foto termoelektrik o‘zgartgichning konstruksiyasini yaratishning shart-sharoitlari aniqlangan;
inert gaz bosimi ostida, tarkibiy qismlarni eritish orqali olingan tellurid vismuti va surmasi asosida p-shoxchalarning polikristalli issiqlik elektrotexnik materiallarini ishlab chiqarish va tanlangan nur foto termoelektrik o‘zgartgichni yagona konstruksiyaga birlashtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
turli xil yarimo‘tkazgich material va tuzilmali fotoelementlar va termoelektrik o‘zgartirgichlar yuzasida, yorug‘lik nurlanishini elementlarning spektral sezgirligi o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda ajratish usuli ishlab chiqilgan;
termoelektrik moddalar va quyosh batareyalarini tanlashni hisobga olgan holda yuqori samarali fototermoelektrik materiallar yaratish prinsiplari aniqlangan;
ilk bor optik o‘q bo‘ylab turli xil joylashtirilgan selektiv nurda ishlaydigan foto termoelektrik o‘zgartgich qurilmalari va yorug‘lik dog‘ining turli xil shakllardagi fokusida foydalanish uchun, turli xil konfiguratsiyali qurilmalari ishlab chiqilgan;
selektiv nurda ishlaydigan foto termoelektrik o‘zgartgich qurilmalarini o‘rnatishda moslamalarni optik o‘qda maqbul ravishda joylashtirishga imkon beradigan usul ishlab chiqilgan; 
ilk bor tanlangan nur foto termoelektrik o‘zgartgichning yuqori samaradorligi va uni fototermogenerator sifatida ishlatish imkoniyati isbotlangan;
nur sindirish ko‘rsatkichi φ yorug‘likning to‘lqin uzunligi λ ga bog‘liq bo‘lgan linza va prizmalar to‘plamidan iborat qurilma yordamida Gyuygens-Frenel usulidan foydalangan holda yorug‘likni spektrlarga ajratish asoslari hisoblangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  
Yorug‘lik energiyasini elektr energiyasiga fototermoelektrik o‘zgartirishni selektiv nurlarda amalga oshiruvchi konstruksiyasini yaratish texnologiyasini ishlab chiqish, uning samara-dorligini oshirish yo‘llarini izlash, shuningdek ularning funksional, texnik va iqtisodiy tavsiflarini o‘rganish va qurilmani qo‘llashning yangi usullarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
quyosh energiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr energiyasiga aylantirishga mo‘ljallangan, BiTeSb-BiTeSe dan tayyorlangan termoelement va fotoo‘zgartiruvchilar asosidagi yuqori samaradorlikka ega geteroo‘tishli tanlangan yorug‘lik nuri fototermoo‘zgartiruvchisini ishlab chiqish uchun halqaro miqyosdagi mualliflik guvoxnomasi olingan («Tanlangan nurdagi fototermoo‘zgartirgich», №ES-01-001727-2018 y.). Olingan natijalardan foydalanish atrof-muhitga zararli chiqindilar chiqarmagan holda “ekologik toza” energiya olish imkonini bergan;
favqulodda holatlarda ishlatiladigan doimiy tok yoritkichlari uchun quvvat manbai vazifasini  bajaruvchi fotoo‘zgartirgichlarning ustida olib borilgan ilmiy sinovlarning natijalari “UzKodje” AJning tajriba-konstruktorlik ishlarida qo‘llanilgan (O‘zavtosanoat - O‘zbek-koreys qo‘shma korxonasining 2018 yil 13 sentyabrdagi 01/781-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish tanlangan yorug‘lik fotogeneratori yordamida favqulotda xolatlarga mo‘ljallangan yoritish moslamalarining ishlatishni ta’minlash imkonini bergan; 
termoelektrik r va n-shoxchalarni xossalarini tekshirish va o‘rganishdagi yarim elementlar tavsiyanomalarining ishchi toki va optimal toklari o‘rtasidagi mavjud bo‘lgan, mos tushmaslik jarayonini nazariy jihatdan olib borilgan matematik hisoblashlarning ketma-ket yaqinlashish metodi; eksperimental usulda olingan termoelektrik materiallarni elektrofizik parametrlarini haroratga bog‘liqligiga oid materiallar Farg‘ona davlat universitetida bajarilgan ITD-12-56 raqamli “Yarimo‘tkazgichli termoelektrik materiallarni olish texnologiyalari” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 10 yanvardagi 89-03-150-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi inert gaz bosimi ostida termoelektrik materiallarni olish texnologiyasi usullarini yaratishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish