Kabulov Timur Melsovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Semizligi bo‘lgan bemorlarda restriktiv operatsiyalar natijalarini yaxshilash yullari», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2019.1.PhD/Tib790.
Ilmiy raxbar: Xashimov Shuxrat Xurshidovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Akademik. V. Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiy xirurgiya markazi» DK
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01
Rasmiy opponentlar: Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Teshaev Oktyabr Ruxullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.N. Sizganov nomidagi milliy ilmiy xirurgiya markazi (Qozog‘iston)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: morbid semizlikni davolashda oshqozonning laparoskopik engli rezeksiyasi natijalarini yaxshilash va tashrixdan so‘nggi turli muddatlarda uning samaradorligini baxolashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
morbid semizlikning teri osti-visseral turi rivojlanish darajasi og‘irligini aniqlash va bo‘lishi mumkin bo‘lgan intraoperatsion texnik qiyinchiliklar tavsifini bashorat qilishga imkon bergan yog‘ zaxirasi tarqalishining antropometrik xususiyatlari aniqlangan;
endovizual kirishni yaxshilash uchun nuqtalar joylashuvini va qisuvchi choklar etishmovchiligini oldini olish uchun oshqozonni vertikal tikishning texnik jixatlarini takomillashtirish imkonini beruvchi laparoskopik engli rezeksiyaning spesifik asoratlari rivojlanishi xavfiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan;
semizligi bo‘lgan bemorlarda laparoskopik engli rezeksiyani bajarishdagi texnik jixatlarni yaxshilash imkonini beruvchi oshqozon vizualizatsiyasini takomillashtirish usullari mukammallashtirilgan;
amaliyotdan keyingi erta va kechki muddatlarda gipertrigliseridemiya va dislipidemiya boshqa belgilarining uzaygan regressini aniqlash bilan oshqozonning laparoskopik engli rezeksiyasi metabolik samaradorligining klinik-patogenetik xususiyatlari aniqlik kiritilgan;
oshqozon laparoskopik engli rezeksiyasining restriktiv samarasi amaliyotdan so‘ng 12 oydan keyin maksimal paydo bo‘lishi isbotlangan xamda 2-3 yil davomida erishilgan natija turg‘unligi bilan tana vazni kamayishining optimal ko‘rsatkichlari ta’minlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Morbid semizligi bo‘lgan bemorlarni jarroxlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“Yog‘ zaxirasi taxlilini inobatga olgan xolda, oshqozon laparoskopik engli rezeksiyasining taktik-texnik jixatlarini takomillashtirish” uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 21 oktyabrdagi №8n-z/124-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar teri osti va visseral yog‘ zaxiralarining oshqozon laparoskopik engli rezeksiyasini amalga oshirishning taktik-texnik jixatlariga ta’sirini aniqlash imkonini berdi;
semizligi bo‘lgan bemorlarda laparoskopik engli rezeksiya amaliyotini bajarishda oshqozon vizualizatsiyasini maqbullash usuli mukammallashtirilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 21 oktyabrdagi №8n-z/124-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan usul oshqozon laparoskopik engli rezeksiyasi amaliyotini bajarishda manfaatli maydon soxasiga kirish va ko‘rib chiqishni yaxshilash xamda bo‘lishi mumkin bo‘lgan intraoperatsion asoratlar xavfini kamaytirish imkonini bergan;
morbid semizlikdaga restriktiv laparoskopik amaliyotlarning texnik jixatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, xususan, “akad. V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi, Ibn Sino nomidagi 1-son shaxar klinik shifoxonasi jarroxlik bo‘limlari, “Vitamed Medical” xususiy klinikasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 21 oktyabrdagi №8n-z/124-son ma’lumotnomasi). Bariatrik amaliyotlarni rejalashtirishda tadqiqot natijalaridan foydalanish tashrix davomiyligini 1,4 marotabaga, intra- va tashrixdan keyingi asoratlar sonini, shifoxonada yotish muddatini 5,2±0,2 kundan 3,1±0,2 kunga qisqartirish, xamda amaliyotlarning metabolik samaradorligi dislipidemiya kamayishi xisobiga 2,9 martaga, gipertrigliseridemiyada – 7 martaga, giperglikemiyada – 3,6 martaga yaxshish imkonini bergan.