Mirakmalov Mirali Turonboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston toponimlarining tabiiy geografik xususiyatlari va geografik lingvistika», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Gr4.
Ilmiy maslahatchi: Mamatqulov Murod, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: Raxmatullaev Arzimurad, geografiya fanlari doktori; Kamalov Bahodir Asamovich, geografiya fanlari doktori; Tojiev Yormat, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Seysmologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston hududida tarqalgan toponimlarning tabiiy geografik xususiyatlarini aniqlash, guruhlashtirish va geografik joy nomlari hamda terminlar haqidagi yangi geografik lingvistika yo‘nalishini asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston toponimlarining tabiiy geografik xususiyatlari (geografik o‘rni, foydali qazilmalari, iqlimi, rel`efi, gidrografiyasi, flora va faunasi, tuproqlari) aniqlangan;
geografik nomlarni hosil qilgan topoterminlarning indikatorlik, abstraktlilik, negativlik, tarqoq va zich tarqalish qonuniyatlari aniqlangan;
toponimlarning balandlik mintaqalanishi (gidronim, fitonim, zoonim) va regionallik (oronim, oykonim) qonuniyatiga bo‘ysinishi asoslangan; 
geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlashda uning endogen va ekzogen (Erning ichki va tashqi) jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan tabiiy belgilariga asoslanish qoidasi ishlab chiqilgan;
geografik joy nomlarining ArcGIS dasturida ma’lumotlar bazasini yaratish, guruhlashtirish va tasniflash asosida O‘zbekistonning 1:1 000 000 masshtabli toponimik xaritasi yaratilgan;
“geografik lingvistika” yo‘nalishi, uning nazariy asoslari – ob’ekti, predmeti, tadqiqot usullari (kartoteka, leksik qatlam tahlili), prinsiplari (hududiylik, lingvistik, genetik) asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston toponimlarining tabiiy geografik xususiyatlari va geografik lingvistika bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston geografik joy nomlari va ularni hosil qilgan topoterminlarning aniqlangan tabiiy geografik xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21-oktyabrdagi PF-5850-son “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash  doirasidagi geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2020 yil 5 avgustdagi 30/1-187-son ma’lumotnomasi). Natijada, Respublika, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar va tuman toponimika komissiyalari tomonidan geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlashda ilmiy asoslangan yangi nom va atamalarni iste’molga kiritish imkonini bergan;
geografik nomlarni hosil qilgan topoterminlarning tarqalishidagi aniqlangan indikatorlik, abstraktlilik, negativlik, tarqoq va zich tarqalish kabi qonuniyatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qo‘llanishini ta’minlash ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2020 yil 5 avgustdagi 30/1-187-son ma’lumotnomasi). Natijada, geografik ob’ektlarni nomlashda davlat tili qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq holatlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan; 
O‘zbekiston hududidagi toponimlarning balandlik bo‘yicha mintaqalanishi va regionallik qonuniyatiga bo‘ysingan holda tarqalishi asoslangan xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan geografik va toponimik ob’ektlarga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilishda va muvofiqlashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2020 yil 5 avgustdagi 30/1-187-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, geografik ob’ektlarga nom berish va qayta nomlash ishlarini muvofiqlashtirishni  ta’minlash imkonini bergan;
geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlashda joyning tabiiy belgilariga asoslanish qoidasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan geografik ob’ektlarning O‘zbekiston xalqining tarixiy-madaniy qadriyatlari va merosi bilan bog‘liq nomlari asralishini ta’minlash hamda  milliy an’analari va mentalitetiga yot bo‘lgan nomlar bilan qayta nomlashga va ularga nom berishga yo‘l qo‘ymaslik ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2020 yil 5 avgustdagi 30/1-187-son ma’lumotnomasi).  Natijada, geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlashda mahalliychilik, xizmat martabasini suiiste’mol qilish hollarini istisno etish imkoniyati yaratilgan; 
O‘zbekistonning 1:1 000 000 masshtabda yaratilgan toponimik xaritasidan hamda viloyatlar toponimlarining taklif etilgan klassifikatsiyasi va ilmiy xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasining 2018 yil 6 iyundagi 02-02-4584-son ma’lumotnomasi). Natijada, geografik joy nomlari va toponimik ob’ektlarning nomlarini turlarga bo‘lish va guruhlashtirish, ularni nomlash, qayta nomlash va reestrini tuzishni takomillashtirish imkonini bergan;
yaratilgan toponimik xaritalar hamda geografik joy nomlari va terminlarning elektron bazasidan darslik, o‘quv atlaslari va turli mavzuli xaritalarda toponimlarni to‘g‘ri yozish, geografik lingvistikaning tadqiqot usullari va prinsiplaridan foydalanib terminlarni to‘g‘ri qo‘llash,  umumiy o‘rta ta’limining “Tabiiyot va geografiya” fani bo‘yicha Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan umumiy ta’lim muassasalarining o‘quvchilari uchun geografiya darsliklarida  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 5 iyundagi 01-02/2-2-172-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning “Tabiiyot va geografiya” fani bo‘yicha Davlat ta’lim standartida belgilangan “Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi”ni  takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish