Qosimov Axmadjon Abduqodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oltinsimon qorag‘at navlarining xo‘jalik-biologik xususiyatlari va sifatli ko‘chatlar etishtirish texnologiyasi (Toshkent viloyati misolida)”, 06.01.07–Mevachilik va uzumchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Qx378.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Xilola Ravshanovna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Maxmud Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/28.08.2020.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Komolitdin Sadriddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Arzumanov Arkadiy Shagenovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodimi.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Oltinsimon qorag‘at navlarining muhim xo‘jalik-biologik xususiyatlarini o‘rganish va sifatli ko‘chatlar etishtirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda yangi oltinsimon qorag‘at kolleksiyasidagi mahalliy va introduksiya qilingan navlarning fenologik fazalarining o‘tishi va tinim davriga kirish muddatlariga qarab guruhlarga ajratilgan;
oltinsimon qorag‘atning yuqori hosildor va biokimyoviy tarkibi bo‘yicha yuqori sifat ko‘rsatkichlarga ega navlari aniqlangan;
oltinsimon qorag‘at navlarida muhitning abiotik omillariga (qurg‘oqchilikka, issiqqa va sovuqqa) chidamliligi aniqlangan;
istiqbolli oltinsimon qorag‘at navlari ko‘chatlarini ko‘paytirishda qalamchalar tayyorlash va ekish muddatlarini ko‘chat chiqishiga ta’siri aniqlangan;
oltinsimon qorag‘at qalamchalaridan tayyorlangan ko‘chatlarni o‘sish dinamikasi va ildiz tizimining rivojlanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oltinsimon qorag‘at navlarining xo‘jalik-biologik xususiyatlarini o‘rganish va sifatli ko‘chatlar etishtirish texnologiyasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
fermer xo‘jaliklari, rezavor mevalarni etishtirishga qiziqqan mutaxassislar va shaxsiy tomorqa er egalari uchun «Oltinsimon qorag‘at navlarini qalamchalaridan sifatli ko‘chat etishtirish» nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 27 fevraldagi 02/030-702-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma fermer xo‘jaliklari, rezavor mevalarni etishtirishga qiziqqan mutaxassislar va shaxsiy tomorqa maydonlarida qalamchalar tayyorlash, saqlash, ekish muddatlari, ekish usullari va ko‘chat etishtirishdagi agrotexnologiyalarni qo‘llashda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
istiqbolli oltinsimon qorag‘at navlarini etishtirish ishlanmasi Toshkent viloyati Parkent tumani «Kumushkon Botirali» fermer xo‘jaligida oltinsimon qorag‘atning «Uzbekistanskaya krupnoplodnaya», «Yadgor» va «Do‘stlik» navlaridan 1,0 ga maydonda, Andijon viloyati Izboskan tumani «Abduqodirjon asl merosi» fermer xo‘jaligida oltinsimon qorag‘atning «Siyuma», «Ruxshona», «Eliksir» va «Iroda» navlaridan 0,30 ga maydonda, umumiy 1,30 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 27 fevraldagi 02/030-702-son ma’lumotnomasi). Natijada nazorat naviga nisbatan 10–15% yuqori sifatli mahsulot olingan, hosildorlik bir gektar maydondan o‘rtacha 3,8 tonnagachanni tashkil etib, rentabellik darajasi 58,3% gachanni tashkil etgan;
«Kuzda qalamchalar tayyorlash va ekish» ishlanmasi asosida oltinsimon qorag‘at navlarining bir yillik novdalaridan qalamchalar tayyorlab (qalamchaning uzunligi 18-25 sm, diametri 0,6 sm qilib kesib) ko‘chat etishtirish bo‘yicha Toshkent viloyati Parkent tumani «Kumushkon Botirali» fermer xo‘jaligida oltinsimon qorag‘atning «Uzbekistanskaya krupnoplodnaya», «Yadgor» va «Do‘stlik» navlaridan 0,10 ga maydonda, Andijon viloyati Izboskan tumani «Abduqodirjon asl merosi» fermer xo‘jaligida oltinsimon qorag‘atning «Siyuma», «Ruxshona», «Eliksir» va «Iroda» navlaridan 0,05 ga maydonda, umumiy 0,15 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 27 fevraldagi 02/030-702-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ishlab chiqarishda an’anaviy ekish muddatiga nisbatan ko‘chat chiqimi va sifati bo‘yicha 15% ga yuqori natijaga erishilgan.