Islamov Shaxzod Zaxidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «IShID (Iroq va Shom islom davlati)» terrorchi tashkilotining axborot xuruji va uni bartaraf etish yo‘llari, 07.00.04 – Dinshunoslik (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tar.50.
Ilmiy rahbar: Hasanov Ahadjon Ahmadjonovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.IsI./Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Munavvarov Zoxidillo Inomxodjaevich, siyosiy fanlari doktori, professor; Zakurlaev Abdumutal Karimovich, yuridik fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “IShID” terrorchi tashkilotining media platformalardagi diniy mazmundagi mahsulotlari diniy asosga ega emasligini isbotlab berish va uning ta’sirini oldini olish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
“IShID”ning diniy mazmundagi mahsulotlariga qarshi ahli sunna val jamoa yo‘nalishi ulamolarining ilmiy-ma’rifiy raddiyalar berish diniy vaziyat barqarorligini belgilovchi fenomen ekani dunyo ulamolari fatvolari misolida ochilgan hamda bunga dunyodagi 120 dan ziyod ulamolarining “ochiq  xati” misol bo‘la olishi ko‘rsatib berilgan;
Yaqin Sharq mintaqasida etno-konfessional munosabatlarning Iroq va Suriya hududidagi transformatsiyasi diniy-siyosiy vaziyat fonida sodir bo‘lgani asoslab berilgan hamda ushbu tashkilot diniy g‘oya va da’volari diniy asosga ega emasligi, balki harbiy-siyosiy uyushma ekani, dindan esa faqatgina targ‘ibot sifatida foydalanishi ochib berilgan;
respublikada ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, ekstremizm va terrorizmning oldini olish, ayniqsa, Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali “xalifalik”, “jihod”, “shahid”, “kufr”, “hijrat” kabi  tushunchalarning g‘arazli maqsadlarda buzib talqin qilinishi muqaddas dinimiz mohiyatiga umuman zid ekani Qur’oni karim oyatlari, hadislar, mashhur ulamolarning fikrlariga tayangan holda asoslangan; 
“IShID”ning media targ‘ibotida din asoslarini noto‘g‘ri talqin qilish, mazhablar o‘rtasidagi ayrim juz’iy farqlarni diniy adovat darajasigacha olib chiqish hamda tashkilot asoschilari tomonidan chiqarilgan qoidalar davlat qonunlaridan ham ustun ko‘rsatishga intilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
“IShID”ning diniy mazmundagi mahsulotlariga qarshi ahli sunna val jamoa yo‘nalishi ulamolarining ilmiy-ma’rifiy raddiyalar berish diniy vaziyat barqarorligini belgilovchi fenomen ekani dunyo ulamolari fatvolari misolida ochilgan hamda bunga dunyodagi 120 dan ziyod ulamolarining “ochiq  xati” misol bo‘la olishi ko‘rsatib berilgan takliflar asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus dasturi ishlab chiqilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2020 yil 25 fevraldagi 02/69-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, imom-xatiblarda ommabop  ijtimoiy tarmoq platformalar orqali “IShID” singari terrorchi tashkilotlarning botil g‘oyalariga raddiyalar berishda ko‘nikmalar shakllantirilgan;
Yaqin Sharq mintaqasida etno-konfessional munosabatlarning Iroq va Suriya hududidagi transformatsiyasi diniy-siyosiy vaziyat fonida sodir bo‘lgani asoslab berilgan hamda ushbu tashkilot diniy g‘oya va da’volari diniy asosga ega emasligi, balki harbiy-siyosiy uyushma ekani haqidagi materiallarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, konfessiyalar va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi”ning “Internet tarmog‘ida sog‘lom diniy-ma’rifiy targ‘ibot faoliyatini tashkil etish va axborot xurujlarining oldini olish” yo‘nalishi tadbirlarini ishlab chiqishida foydalanilgan (Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2020 yil 20 martdagi 2120/1-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalarning amalga oshirilishi respublikamizda diniy vaziyat barqarorligini saqlash, aholiga islom dinining insonparvar g‘oyalarini etkazish, ekstremizm, terrorizm, mutaassiblik, missionerlik va prozelitizm kabi tahdidlarning oldini olishga xizmat qilgan;
“IShID”ning media targ‘ibotida din asoslarini noto‘g‘ri talqin qilish, mazhablar o‘rtasidagi ayrim juz’iy farqlarni diniy adovat darajasigacha olib chiqish hamda tashkilot asoschilari tomonidan chiqarilgan qoidalar davlat qonunlaridan ham ustun ko‘rsatishga intilishi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida namoyish etilgan “Ikki taqdir”, “Jaholat sirtmog‘i” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (“O`zbekiston” teleradiokanalining 2020 yil 30 martdagi 01-15-629-son dalolatnomasi). Bu orqali keng jamoatchilikka Yaqin Sharq mintaqasidagi qurolli harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad diniy omillar emasligi, balki hokimiyatga erishish va mintaqa davlatlarining boy resurslaridan foydalanishga intilish ekani haqidagi xulosa etkazilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish