Zaripov Xusan Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Soliqlarning korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga ta’sirini baholash yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Iqt835.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Nizamiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Niyazmetov Islambek Masharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: korxonalarning moliyaviy resurslaridan oqilona foydalanishda soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘shilgan qiymat solig‘ining “uzluksiz zanjir”ni tartibga solishda fiskal deval`vatsiya siyosati shartlarini inobatga olgan holda iqtisodiyotda xufyona aylanmani qisqartirish, qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’muriyatchiligi samarali vositasi sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 15 foiz miqdorida belgilash hamda “manfiy” qoldiqni qaytarish amaliyotini qo‘llash taklif etilgan;
foyda solig‘i stavkasini 15 foiz miqdorida belgilash asosida raqobatbardosh ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, tadbirkorlikni va sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlash tizimini shakllantirish asoslangan;
hududlarning iqtisodiy salohiyati o‘sishidan manfaatdorliklarini rag‘batlantirish hamda mahalliy byudjetni qo‘llab-quvvatlashda foyda solig‘i summasini mahalliy byudjet ixtiyorida qoldirish taklif qilingan;
soliqlarning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini rivojlantirishga ta’sirini jonlantirish, korxonalar mol-mulkidan yanada samarali foydalanishni ta’minlashda alohida mulk ob’ektlari uchun imtiyozlarni bekor qilib, pasaytirilgan stavkani qo‘llash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Soliqlarning korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qo‘shilgan qiymat solig‘ining “uzluksiz zanjir”ni tartibga solishda fiskal deval`vatsiya siyosati shartlarini inobatga olgan holda iqtisodiyotda xufyona aylanmani qisqartirish, qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’muriyatchiligi samarali vositasi sifatida “manfiy” qoldiqni qaytarish amaliyotini qo‘llash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-599-son “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2020 yil 8 yanvardagi 19/1-1-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida xufiyona iqtisodiyot darajasini qisqartirishga qaratilgan, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish jarayonlarini rag‘batlantiruvchi tadbirkorlik sub’ektlari va investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, soliq solish jarayonlarini avtomatlashtirgan tizimini yaratish yuzasidan soliq ma’muriyatchiligi faollashuvi ta’minlangan;
foyda solig‘i stavkasini 15 foiz miqdorida belgilash asosida raqobatbardosh ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, tadbirkorlik va sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlash tizimini shakllantirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-599-son “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2020 yil 8 yanvardagi 19/1-1-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida davlatning fiskal vazifalari va soliq to‘lovchilarning moliyaviy imkoniyatlari barqarorligi ta’minlangan;
hududlarning iqtisodiy salohiyati o‘sishidan manfaatdorliklarini rag‘batlantirish hamda mahalliy byudjetni qo‘llab-quvvatlashda foyda solig‘i summasini mahalliy byudjet ixtiyorida qoldirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 dekabrdagi O‘RQ-589-son “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2020 yil 8 yanvardagi 19/1-1-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif amaliyotga joriy etilishi natijasida mahalliy byudjetlarning mustaqil tasarruf etiladigan o‘z moliyaviy mablag‘lari ko‘payishi taminlangan;
soliqlarning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini rivojlantirishga ta’sirini oshirish, korxonalar mol-mulkidan yanada samarali foydalanishni ta’minlashda alohida mulk ob’ektlari uchun imtiyozlarni bekor qilib, pasaytirilgan stavkani qo‘llash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-599-son “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2020 yil 8 yanvardagi 19/1-1-son ma’lumotnomasi). Natijada, xo‘jalik sub’ektlarining mulklardan maqsadli va samarali foydalanishga bo‘lgan immuniteti shakllanib, boqimandalik xususiyatini yo‘qolishi ta’minlangan.