Sultonov Mirzaolim Mirzaraxmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxta chiqindilariga ishlov berish qurilmasini yaratish va parametrlarini asoslash”, 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2020.2.PhD/T1139.
Ilmiy rahbar: Obidov Avazbek Azamatovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Davlat Mustafoevich, texnika fanlari doktori, professor; Ergashev Jamoliddin Samatovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tolali chiqindilardan tola ajratish qurilmasining ratsional konstruksiyasini yaratish va korxonaga joriy qilish orqali tola ishlab chiqarish hajmini oshirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chiqindi tarkibidagi tolalarni ajratib olish usul va vositalari tahlillari asosida tolali chiqindilar tarkibidan sanoatda ishlatishga yaroqli tolalarni ajratish qurilmasi ishlab chiqilgan;
tola ajratish qurilmasining ajratuvchi barabaniga tolador massaning ta’siri va xususiyatlarini inobatga olgan holda baraban va uning vali mustahkamligini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
ajratuvchi barabanlarning tolali massadan uzun tolalarni ajratib olish imkoniyatini hamda undagi tolalar harakatini tahlil qilgan holda, yangi qurilma ishchi organlarining parametrlari aniqlangan;
tola ajratish qurilmasini ishlab chiqarish sharoitida sinash natijalarini inobatga olgan holda, tishli garniturali barabanlar parametrlari eksperimental usulda aniqlangan;
tolali chiqindi tarkibidan tolani ajratib olish jarayonini rejali tajribalar asosida o‘rganish natijalarini  inobatga olib, qurilmada tola ajralishi darajasini baholashning matematik-statistik usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Paxta tolasini tolador chiqindilar tarkibidan ajratib beradigan texnologiyani ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tolali chiqindilar tarkibidan sanoatda ishlatishga yaroqli tolalarni ajratish qurilmasi “O‘zpaxtasanoat” AJ tassarufiga kiruvchi “Kosonsoy paxta tozalash” korxonasiga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2020 yil 30 iyuldagi 03-18/2051-son ma’lumotnomasi). Natijada, chiqindilar tarkibidan tola ajratish samaradorligini 5,0÷6,0 %, tola chiqishini 0,22 % ga oshirish imkoni yaratilgan;
tolali chiqindilar tarkibidan sanoatda ishlatishga yaroqli tolalarni ajratib olish jarayoni ratsional parametrlari “O‘zpaxtasanoat” AJ tassarufiga kiruvchi “Kosonsoy paxta tozalash” korxonasiga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2020 yil 30 iyuldagi 03-18/2051-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilma ish unumdorligi o‘rtacha 400 kg/soatga oshgan hamda elektr energiyasi sarfi soatiga 4 kVtgacha kamaygan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish