Salomov Murodulla Ne’matovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uzum quritishda quyosh - havo texnologiyasining energiya samaradorligini oshirish», 05.05.07 – Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T779.
Ilmiy  rahbar: [Radjabov Abduraxman], texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institututi, DSc.03/30.12.2019.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Isaqov Abdusaid Jalilovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Toirov Zuvur Toirovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Akademik M.M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektrofizik ta’sirlardan va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanib quyosh-havoli uzum quritgichini energetik samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzum quritishga mo‘ljallangan an’anaviy va noan’anaviy energiya manbalariga ega takomillashtirilgan quyosh quritkich ishlab chiqilgan;
quyosh quritgichining konstruktiv parametrlari quritish kamerasidagi havo harorati va tezligini hisobga olgan holda imitatsion model orqali aniqlangan;
quyosh-havoli uzum quritish texnologiyasining rejimlari dastlabki elektr impul`sli ishlov berish asosida asoslangan;
quritish kamerasini uzunligi va eni bo‘yicha olingan energetik ko‘rsatkichlar va ularni o‘zgarish dinamikasi asosida quyosh-havoli quritkichning maqbul parametrlari aniqlangan;
mahsulotga yo‘naltirilgan quyosh energiyasi harakatlanishida ixtiyoriy o‘zgartirilish jarayonini tahlil qilish sxemasi va quyosh-havo texnologiyasining energetik samaradorligini nisbiy energiya sig‘imi orqali baholash uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Uzum quritishda quyosh-havo texnologiyasining energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
uzum  quritish uchun an’anaviy va noan’anaviy energiya manbalariga ega quyosh quritgich qurilmasiga Intellektual  mulk agentligining foydali modeliga patenti olingan («Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini quritish uchun quyosh quritgichi», №FAP 01312-2018 y.). Natijada, takomillashtirilgan quyosh quritgich qurilmasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
quyosh-havoli uzum quritish texnologiyasining rejimlariga ega takomillashtirilgan  quritgich qurilma Toshkent viloyati Parkent tumani «Changi Sayidumar» fermer xo‘jaligida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 iyundagi 02/035-1863-son ma’lumotnomasi). Natijada, uzum quritish vaqtini 1,1-1,2 barobar kamayish imkoni yaratilgan;
quritish kamerasini uzunligi va eni bo‘yicha quyosh energiyasining maqbul harakatiga ega quyosh-havo quritish qurilmasi Buxoro viloyati Shofirkon tumani «Savriddin Mexriddin» va «Ismoilobod» fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 iyundagi 02/035-1863-son ma’lumotnomasi). Natijada, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan kompleks foydalanib takomillashtirilgan quyosh-havo quritgich qurilmasini ishlab chiqish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish