Ummatova Muhayyo Egamberdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zarafshon daryosi quyi oqimi suv havzalarida karp (Cyprinus carpio L) balig‘ining yaylov akvakul`turasi ob’ekti sifatidagi biologik xususiyatlari», 03.00.15 – Ixtiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/B381.
Ilmiy rahbar: Kamilov Baxtiyar Ganievich, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.V.52.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Izzatullaev Zuvayd, biologiya fanlari doktori, professor; Mirzaev Ulug‘bek Turaevich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zarafshon daryosi quyi oqimi  havzasi yaylov akvakul`turasi tabiiy erkin sharoitiga muntazam o‘tkazib turiladigan karp balig‘i to‘dasining o‘sishi, jinsiy voyaga etishi va serpushtlik ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda ularning suv havzasi baliq mahsuldorligini oshirishdagi rolini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Zarafshon daryosi quyi oqimi suv havzasidagi yangi innovatsion texnologiya – yaylov akvakul`turasi sharoitida karp balig‘ining yoshi va o‘sish sur’atining o‘ziga xos jihatlari ilmiy jihatdan asoslangan;
bentofag bo‘lgan karp balig‘idan yaylov akvakul`turasi ob’ekti sifatida foydalanish yirik irrigatsion suv ombori baliq mahsuldorligini mazkur tur bo‘yicha gektariga 20–25 kg oshirish imkonini beruvchi samaradorligi aniqlangan;
ovlangan baliqlarning tur tarkibini tahlil qilish orqali suv havzasida etishtirilayotgan baliq turlaridan foydalanish samadorligiga tahlillar asosida baho berish yo‘llari dalillangan;
turning suv havzasidagi jinsiy voyaga etish va ko‘payuvchanlik xususiyatlari aniqlangan;
karp balig‘ining o‘sish sur’ati, serpushtlik ko‘rsatkichlari suv havzasiga o‘tkazilgan bir yozlik chavoqlar sifat ko‘rsatkichlariga bog‘liqligi asoslangan;
baliqlarning o‘sish va jinsiy voyaga etish ko‘rsatkichlarining turli-tumanligi va ularning paydo bo‘lish sabablari ochib berilgan;
suv havzasidagi yaylov akvakul`turasi ehtiyoji uchun karp balig‘ini ko‘paytirish yuzasidan tavsiyanoma ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Zarafshon daryosi quyi oqimi suv havzalarida karp (Cyprinus carpio L.) balig‘ining yaylov akvakul`turasi ob’ekti sifatidagi biologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
karp baliqlarini sun’iy ko‘paytirishni optimallashtirish maqsadida ota-ona baliqlar to‘dasiga urchish mavsumi oldidan ozuqalar me’yorini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar hamda baliq pitomnigi hovuzlarida yozning issiq kunlarida past bosimli kompressordan foydalanishga doir ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar “Golden Lake Fish” MChJ xo‘jaligi baliq pitomnigi amaliyotiga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 31 yanvardagi 02/026-322-son ma’lumotnomasi). Natijada, ularning serpushtligi 10–15% gacha oshgan hamda baliq sonini o‘rtacha 520 ming donaga etkazish orqali hovuzlardan foydalanish samardorligini oshirish imkonini bergan;
suv haroratining o‘zgarishi natijasida ikralarning zamburug‘ kasalliklarining oldini olishga doir ishlab chiqilgan tavsiyalar baliqchilik xo‘jaligining baliqlarni kasalliklardan himoya qilish amaliyotiga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 31 yanvardagi 02/026-322 -son ma’lumotnomasi). Natijada, karp baliqlarida uchrovchi zamburug‘ kasalligi – saprolegniozning 40 % gacha oldini olish imkonini bergan;
baliq chavoqlarini suv havzasiga o‘tkazishda baliqlar biologiyasi va suv havzasi tabiiy ozuqa bazasi holatidan kelib chiqish zarurligi, shuningdek baliq chavoqlarining vazni, yashovchanligi va mahsuldorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar “Navoiybaliqsanoat” MChJ tasarrufidagi baliqchilik xo‘jaliklari amaliyotiga joriy qilingan (“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining 2020 yil 25 yanvardagi 08/108-son ma’lumotnomasi). Natijada, uch yil o‘tgandan keyin ovlangan baliqlar orasida karp baliqlari ulushini (promvozvrat`) 3–4% dan 7–14% ga oshirish hamda  baliq pitomniklaridagi lichinkalarning yashovchanligini 40–55% dan 80–85% ga, bir yozlik chavoqlar vaznini esa 25–30 gr o‘rniga 70–80 gr gacha oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish