Mamurov Bahodir Arifjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy karbonatli xomashyolardan foydalangan holda kal`siy va magniy fosfatli o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T863. 
Ilmiy rahbar: Shamshidinov Israiljon Turgunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Dexkanov Zulfikaxar Kirgizbaevich, texnika fanlari doktori; Nurmurodov Tulkin Isamurodovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Qizilqum fosforitlaridan olingan ekstraksion fosfat kislotasini karbonatli xomashyolar - bo‘r, ohaktosh, dolomit, karbonatli sanoat chiqindilari va ularni termik qayta ishlash mahsulotlari bilan neytrallash orqali tarkibida kal`siy va magniy bo‘lgan konsentrlangan oddiy fosforli o‘g‘itlar olishning samarador texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
minimal ko‘piklanish darajasi kuzatiladigan tarkibida kal`siy va magniy bo‘lgan karbonatli minerallar - bo‘r, ohaktosh, suv tayyorlash sanoat chiqindilarini termik qayta ishlashning maqbul texnologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
ilk bor tarkibida kal`siy bo‘lgan tabiiy karbonatli minerallar va suv tozalash chiqindilari, shuningdek ularga termik ishlov berish mahsulotlari bilan Markaziy Qizilqum fosforitlari asosidagi ekstraksion fosfat kislota va ammoniy nitrat bilan faollashtirilgan EFKni neytrallash yo‘li bilan tarkibida kal`siy va magniy bo‘lgan konsentrlangan fosforli oddiy o‘g‘itlar olish jarayonlari asoslangan;
ilk bor dolomitni ekstraksion fosfat kislotasi bilan dastlabki termik ishlov bermasdan parchalash jarayonida barqaror ko‘piklanish sodir bo‘lmasligi aniqlangan;
ilk bor Markaziy Qizilqum fosforitlari asosidagi EFK bilan tarkibida kal`siy va magniy bo‘lgan tabiiy karbonatli minerallar va suv tozalash sanoati chiqindilarini parchalash orqali konsentrlangan oddiy fosforli o‘g‘itlar olishning eng maqbul texnologik parametrlari aniqlangan;
Markaziy Qizilqum fosforitlari asosidagi ekstraksion fosfat kislota bilan tabiiy karbonatli minerallar va suv tozalash sanoati chiqindilarini parchalash orqali tarkibida kal`siy va magniy bo‘lgan konsentrlangan oddiy fosforli o‘g‘itlar olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tarkibida kal`siy va magniy bo‘lgan karbonatli minerallar va sanoat chiqindilarini konsentrlangan oddiy fosforli o‘g‘itlarga qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
murakkab azot-fosforli o‘g‘it olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05912, 2019 y.). Natijada, EFK va ammoniy nitrat bilan faollangan EFKni karbonatli xomashyolar bilan neytrallash, suspenziyani bug‘latish, donadorlash va quritish orqali konsentratsiyalangan kal`siy va magniyfosfatli o‘g‘itlar olish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan texnologiya asosida tarkibida kal`siy va magniy bo‘lgan karbonatli minerallar va suv tayyorlash sanoati chiqindilaridan foydalangan holda konsentrlangan oddiy fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2019 yil 31 oktyabrdagi 14-6691-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida kal`siy va magniy bo‘lgan karbonatli minerallar va azotli o‘g‘itlar korxonalarining suv tozalash inshootlari chiqindilarini qayta ishlashga qamrab olish va konsentrlangan oddiy fosforli o‘g‘itlar olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish