Kanatbaeva Turgankul Saduovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zarafshon daryosi quyi oqimi suv havzalarida uzoq sharq o‘simlikxo‘r baliqlaridan yaylov akvakul`turasida foydalanish istiqbollari», 03.00.15 – Ixtiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/B379.
Ilmiy rahbar: Yuldashov Mansur Arzikulovich, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.V.52.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Karimov Baxtiyor Kuramboevich, biologiya fanlari doktori, professor; Bo‘riev Sulaymon Bo‘rievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suvdan kompleks foydalanish tamoyillari asosida yaylov akvakul`turasi sharoitida do‘ngpeshona baliqlardan foydalanishga baho berish, baliq chavoqlarining vazni, yashovchanligi va mahsuldorligini oshirish orqali baliq etishtirish texnologiyalarini yanada takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mintaqamiz va respublikamiz qurg‘oqchil hududidagi suv omborlariga qo‘shimcha vazifa sifatida ikki: Hypothtalmichthys molitrix va Hypothtalmichthys nobilis turlaridan yangi biotexnologiya, ya’ni, yaylov akvakul`turasi ob’ekti sifatida foydalanish orqali baliq mahsuldorligini gektariga 12–15 kg (har bir turdan) oshirishning samaradorligi ilmiy-amaliy jihatdan isbotlangan;
har bir turning bir yozlik chavoqlarini o‘stirish tig‘izligi gektariga 2 kg miqdorida o‘tkazilganda suv havzasida mazkur baliqlarning o‘sish sur’ati va jinsiy voyaga etish tezligi yuqori bo‘lishi va serpushtligi sayyoramizning mo‘’tadil iqlim hududidagi suv havzalardagi baliqlar bilan taqqoslaganda yuqori bo‘lishi asoslangan;
ilk bor Zarafshon daryosi suv havzasi sharoitida Hypothtalmichthys molitrix va Hypothtalmichthys nobilis baliq turlarining morfologik xususiyatlari aniqlangan;
baliqlarni parvarishlash va yirik o‘lchamdagilarini (o‘rtacha og‘irligi 3–4,5 kg) ovlashni mo‘ljallashning yuqori samaradorlikka erishish yo‘llari ochib berilgan;
baliq mahsuldorligini oshirishning ilmiy tahlillari asosida yaylov akvakul`turasi sharoitida suv havzasiga o‘tkaziladigan bir yozlik chavoqlarning sifat ko‘rsatkichlariga bog‘liqligi isbotlangan;
suv havzasining ekologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, oq va chipor do‘ngpeshona baliqlarni ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Zarafshon daryosi quyi oqimi suv havzalarida uzoq sharq o‘simlikxo‘r baliqlaridan yaylov akvakul`turasida foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
do‘ngpeshona baliqlarni sun’iy ko‘paytirish (inkubatsiya) jarayonida ota-ona baliqlarni saqlash va ularni inkubatsiyaga tayyorlash hamda tabiiy ozuqa bazasining mo‘lligini hisobga olib, har bir gektar suv havzasiga 80–100 dona baliq o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar “Golden Lake Fish” MChJ va “G‘ijduvon Sho‘rko‘l” MChJda amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 31 yanvardagi 02/026-322-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Golden Lake Fish” MChJ baliqchilik pitomnigida ota-ona baliqlarni stress holatining oldini olish hisobiga baliq lichinkalari va chavoqlarini qo‘shimcha 14–17%ga oshirish, “G‘ijduvon Sho‘rko‘l” MChJ xo‘jaligi tomonidan suv havzasidan (6000 ga) 2018 yilning kuz-qish baliq ovlash mavsumida avvalgi yildagi ko‘rsatkichga nisbatan oq amur 30 tonna, oq do‘ngpeshona – 90 tonna va chipor do‘ngpeshona balig‘idan 70 tonna qo‘shimcha ovlash imkonini bergan;
baliqlar o‘lchami va hajmini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar “Quyi mozor” MChJda amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 31 yanvardagi 02/026-322-son ma’lumotnomasi). Natijada, baliqlar o‘lchami hovuzda etishtirilgan (1–1,5 kg) baliqlarga nisbatan yirik bo‘lib, oq do‘ngpeshona baliqlar 2–2,5 kg, chipor do‘ngpeshona baliqlar 3–4 kg va oq amur baliqlari 4–45 kg ni tashkil etgan hamda baliqlar vaznining ortishi hisobiga suv havzasining baliq mahsuldorligini oshirish imkonini bergan; 
baliq pitomnigida bir yozlik chavoqlarni parvarishlash bo‘yicha taklif etilgan kompleks chora-tadbirlar “Navoiybaliqsanoat” MChJ tasarrufidagi baliqchilik xo‘jaliklarida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining 2020 yil 25 yanvardagi 08/109-son ma’lumotnomasi). Natijada, do‘ngpeshona baliqlarning o‘rtacha og‘irligi oshishi hamda suv havzasiga o‘tkazilgan baliq chavoqlarining ovlangan baliqlar orasidagi ulushni (promvozvrat`) 2–3 % dan 7–15 % gacha oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish