Dusmuxamedov Dilshod Maxmudjanovichning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gnatik shakldagi okklyuziya anomaliyalari bo‘lgan bemorlarda rejalashtirishni va kompleks davolashni takomillashtirish», 14.00.21 – «Stomatologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Tib342.
Ilmiy maslahatchi: Yuldashev Abduazim Abduvalievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Jaemyung Ahn, tibbiyot fanlari doktori, professor (Janubiy Koreya); Saatov Tal’at Saatovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik; Shomurodov Kaxramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Navarra jamoat universitet (Ispaniya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gnatik shakldagi okklyuziya anomaliyalari bo‘lgan bemorlarda rejalashtirish va kompleks davolashni takomillash-tirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
old faol rinometriya (OFRM) orqali GShOA bemorlarda burundan nafas olish funksiyasining buzulishi va uning burun ichi tuzilmalarida havo oqimiga qarshilik darajasining ortishi xisobiga ekanligi isbotlangan;
GShAOli bemorlarda qon va og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligidagi NbF, IL-4, IL-10 sitokinlar, TNFa, IgE va GSTMl geni ko‘rsatkichlar tashxislashda to‘qimalar gipoksemik holati aniqlanishi sababli yuqori darajada axamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
GShOA bemorlarni jarrohlik amaliyotiga tayyorlashda organizmdagi mavjud gipoksemik holat sababli antioksidantni qo‘llash Hb, HbF, GSTMl geni va IgE ga nisbatan ijobiy dinamikani ko‘rsatishi va yallig‘lanish asoratlarini rivojlanish oldini olishi isbotlangan;
GShOA bemorlarning individual talablarini e’tiborga olgan ortognatik jarrohlikni rejalashtirishda 3D modellashtirishni qo‘llash osteotomiyalangan jag‘ suyagi fragmentlarini birikish yuzasini ortirish xisobiga ularning turg‘unligi ortishi va operatsiya natijalarining yaxshilanishi aniqlangan;
GShOA bemorlarni kompleks davolashda jag‘lar shakl buzilishi sababli ANS-PNS, Go-Gn, N-ANS, ANS-Gn, SNA-SNB kabi morfometrik parametrlar va individual talablarni e’tiborga olish yuqori darajadagi estetik va funksional natijalar berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gnatik shakldagi okklyuziya anomaliyalari bo‘lgan bemorlarda rejalashtirish va kompleks davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Pastki jag‘ shoxlarini sagital osteotomiya usuli bilan gnatik shakldagi okklyuziya anomaliyali bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 17 iyuldagi 8n-r/310-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada taklif etilgan jarrohlik usuli bilan davolash og‘iz bo‘shlig‘i ichiga kirib borish bilan jarrohlik usulida davolashga imkon beradi, bu chandiqli kemtiklarni yuzaga kelishini bartaraf etish va jarrohlik amaliyotidan keyingi estetik ko‘rinishni yaxshilab davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
“3D modelini yaratish bilan ortognatik jarrohlik amaliyotlarini kompyuterli modellashtirish” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 17 iyuldagi 8n-r/313-son ma’lumotnomasi). Mazkur modellashtirishning qo‘llanilishi, simulyatorda jarrohlik usulidan davolanishi xajmini mayda qismlargacha rejalashtirishga va mutaxasis uchun oldindan bemor bilan ishlaganda jarrohlik amaliyotini bajarish jarayonini takomillashtirish imkonini bergan;
“Okklyuziya anamaliyasini gnatik shakllari bilan og‘rigan bemorlarining ortognatik jarrohlik amaliyotlarida yallig‘lanish asoratlarini oldini olish” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 10 dekabrdagi 8n-r/578-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyani qo‘llanilishi jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarni oldini olish imkonini bergan;
GShOA bemorlarida ortognatik jarrohlikni kompyuterli modellashtirish asosidagi tashxislash va kompleks davolashni ishlab chiqilgan algoritmi sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent davlat stomatologiya instituti va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli kasalxona klinik amaliyotiga, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi va Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 17 iyuldagi 8n-r/313 va 2019 yil 10 dekabrdagi 8n-r/578-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy etilishi davolash samaradorligini oshirilishiga, davolashning umumiy davomiyligini qisqartirishga, asoratlar sonini kamaytirish imkonini bergan.