Axmadalieva Nigora Odilovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarining mehnat sharoitlarini yaxshilash yo‘llari va salomatligini saqlash», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2018.1.DSc/Tib303.
Ilmiy rahbar: Salomova Feruza Ibodullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Roza Tolonovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zaredinov Damir Arifovich, tibbiyot fanlari doktori; professor; Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Koryo Universiteti (Janubiy Koreya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining mehnat sharoitlarni yaxshilash va salomatligini saqlash hamda zahira salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining zamonaviy ijtimoiy tuzilish xususiyatlari jinsi, yoshi, ish tajribasi bo‘yicha zamonaviy universitet o‘qituvchisi ishining hajmi belgilangan;
oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ijtimoiy himoyasizligi, noto‘g‘ri ovqatlanish, ish joyida ovqatlanish uchun sharoit yo‘qligi; o‘qituvchilar tarkibining etarlicha bandligi, yozgi ta’tillari tashkil etilmaganligi; zararli odatlar, chekish, alkogol ichimliklarni suiiste’mol qilish, sog‘lig‘ini saqlash uchun motivatsiyaning yo‘qligi isbotlangan;
professor-o‘qituvchilarning noto‘g‘ri ish sharoti va kun tartibining izdan chiqishi natijasida turli somatik kasallanganliklar, asab ruxiy zo‘riqishlar, yurak-qon tomir tizimi kasaliklari bilan kasallanish darajasini sub’ektiv baholash tizimi asoslangan;
oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ish muhiti omillarining, ya’ni shovqin, mikroiqlim, yoritilganlik va  nurlanish darajasining sifat va miqdoriy tavsifi, ko‘rsatilgan mehnat xususiyatlari 3-darajali zararli o‘ta og‘ir ish hisoblanib, mehnat intensivligini baholash imkon berishi asoslangan;
professor-o‘qituvchilar psixologik holati va ularda hissiy charchoq sindromining tarqalish darajasi baholangan va oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari bilan olib boriladigan sog‘lomlashtirish ishlarining sifati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining mehnat sharoitlarni yaxshilash yo‘llari va salomatligini saqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
«Oliy o‘quv yurtlarini loyihalashtirish, rivojlantirish, jihozlash va ulardan foydalanishda gigienik talablar» 0330-16-son sanitariya me’yor va qoidasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 14 apreldagi 6-21 / 33-4993-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur sanitariya me’yor va qoida asosida oliy o‘quv yurtlarni loyihalashtirish, qurish, shuningdek, o‘quv, o‘quv, ilmiy va boshqa faoliyati uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratish, ishning yuqori samaradorligini va o‘qituvchilar va talabalarning salomatlik holatini mustahkamlashda gigienik sharoit yaratish imkonini bergan.
«O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarining zahira salohiyatini yaxshilash, kasalliklarning oldini olish va mehnat sharoitlarini optimallashtirish» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 3 iyunidagi 8n-d/212-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarining zahira salohiyatini yaxshilash, o‘qituvchilar orasida uchraydigan kasalliklarning oldini olish va mehnat sharoitlarini optimallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
«Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining hissiy charchashining oldini olish choralarini takomillashtirish» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 3 iyunidagi 8n-d/211-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma psixo-emotsional holatlarning oldini olish, professor-o‘qituvchilar kunlik va xaftalik yuklamalarni belgilash, o‘qituvchilar orasida uchraydigan kasbiy kasalliklarning oldini olish va mehnat sharoitlarini optimallashtirishga qaratilgan giienik chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining mehnat sharoitlarni yaxshilash yo‘llari va salomatligini saqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati bo‘yicha davlat inspeksiyasi, OO‘MTVda TDTU, O‘zMU, TTA va ularning filiallari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 7 avgustdagi 8n-z/97-son xulosasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi oliy ta’lim muassasalarining asosiy ish joylarida gigienik mehnat sharoitlarining sifat va miqdoriy tavsiflari shovqin darajasi, mikroiqlim parametrlari, ionlashtiruvchi nurlanish darajasi, elektromagnit maydonlar bo‘yicha bunday sharoitlarni optimal va ruxsat etilgan tavsifiga kiritishimizga 1 yoki 2 sinf), yoritilganlik, xonani shamollatilmasligi bo‘yicha gigienik me’yorlariga mos kelmasligi, professor-o‘qituvchilarning ish vaqtining 30±4,6%, o‘qituvchining ishi dars jadvali majburiy bajarilishi va vaqtning etishmasligi, ish natijalari uchun javobgarlikning kuchayishi, vizual funksiyalarning uzoq vaqt davomida siqilishi, katta tezkor xotiraga ehtiyoj, yuqori intellektual stress, mehnat xususiyatlari 3-darajali zararli o‘ta og‘ir ish kabi mehnat intensivligini oldini olishga qaratilgan gigienik chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish