Kayumova Gulnoza Xabibjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eritrotsitlar antigenlaridan axolining alloimmunizatsiya tashxisini takomillashtirish va axoli genogeografik registrini yaratish», 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.RhD/Tib375.
Ilmiy raxbar: Saidov A’lonur Baxtinurovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaeva Zuxra Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori; Baxovadinov Burxonidin Baxovadinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston aholisini AVO va RN tizimlar bo‘yicha genogeografik fonini aniqlashtirish, shuningdek, homilador ayollarda va ko‘p marta qon quyulishini qabul qilgan bemorlarda eritrotsitlarning transfuzion xavfli antigenlari sonini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida A guruh ustunlikka ega, Buxoro, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida – O guruh, Navoiy, Samarqand va Xorazm viloyatlarida esa A va O qon guruhlarining ko‘rsatkichlari tengligi hamda Sirdaryo viloyatida esa A, O va V ko‘rsatkichlari nisbatan bir xilligi isbotlangan;
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha AVO tizimlarining fenotiplari A≥0>V>AV,Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 0> A>V>AV va Toshkent shahri bo‘yicha qon guruhi fenotiplari sonining ketma-ketligi - 0≥V>A>AV va mamlakatimiz bo‘yicha rezus musbatlilar 93,8%ni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha esa - 95,3%ni va Toshkent shahri bo‘yicha - 93,0%ni tashkil etganligi asoslangan.
rezus va Kell tizimlari bo‘yicha sog‘lom donorlarda minor antigenlar darajasining tekshiriluvchiga nisbatan: S-75,5%; s-80,6%; E-49,0%; e-96,9% va S-8,2% ni, Kell tizimi bo‘yicha esa nisbatan KEL1 - 6,1% va KEL2 - 90,8% ni, rezus tizimi bo‘yicha eng ko‘p uchragan fenotiplar bo‘lib – SsDEe va SsDe, sog‘lom donorlarda Kell tizimi bo‘yicha ustunlikka ega bo‘lgan fenotip bo‘lib – K va k 92,9%ni tashkil qilganligi isbotalngan;
rezus va Kell tizimlari bo‘yicha qon kasalliklari bilan xastalangan bemorlardagi minor antigenlar S-65,3%; s-70,4%; E-37,8%; e-90,8% va Sw-14,3% ni, Kell tizimi bo‘yicha – KEL1-12,2% va KEL-72,4% va rezus tizimi bo‘yicha eng ko‘p miqdorda uchraydigan fenotip bo‘lib-SDe, gematologik bemorlarda Kell tizimi bo‘yicha K va k 61,2%ni tashkil etganligi isbotlangan;
rezus va Kell tizimlari bo‘yicha rezus manfiy bo‘lgan homilador ayollardagi minor antigenlar S-8,0%; s-99,0%; E-11,0%; e-99,0% va Sw-6,0% ni, Kell tizimi bo‘yicha esa–KEL1-8,0% va KEL-72,0%ni, rezus tizimi bo‘yicha eng ko‘p sonda uchraydigan fenotip bo‘lib – sde, Kell tizimi bo‘yicha esa K va k 68,0% darajani tashkil qilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aholini eritrotsit antigenlari bilan alloimmunizatsiyasini tashxislashni takomillashtirish va eritrotsitlarning antigen tarkibiga ko‘ra aholining genogeografik tarmog‘ini tuzish samaradorligini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
«Qon komponentlarini quyish va posttransfuzion asoratlarni oldini olish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 10 fevraldagi 8n-d/17-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma aholini orasida qon komponentlarini quyish va posttransfuzion asoratlarni oldini olish chora-tadbirlarni ishlab chiqish va samaradorligini oshirish imkonini bergan;
aholini eritrotsit antigenlari bilan alloimmunizatsiyasini tashxislashni takomillashtirish va eritrotsitlarning antigen tarkibiga ko‘ra aholining genogeografik tarmog‘ini tuzish samaradorligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika qon quyish markazi va Sirdaryo viloyati qon stansiyasining amaliyotiga tatbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 sentyabrdagi 8n-d/120-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi rezus tizimi bo‘yicha qon kasalliklari bilan xastalangan bemorlardagi minor antigenlar tekshiriluvchiga S - 65,3; s - 70,4; E - 37,8; e - 90,8 va Sw - 14,3, Kell tizimi bo‘yicha esa – KEL1 - 12,2 va KEL - 72,4 ni, rezus tizimi bo‘yicha eng ko‘p sonda uchraydigan fenotip bo‘lib-SDe, gematologik bemorlarda Kell tizimi bo‘yicha barcha 4 ta - K-k+, K-k-, K+k+, K+k- fenotiplari, ustunlikka ega bo‘lgan fenotip bo‘lib esa – K-k+ fenotipi hisoblanishni asoslash imkonini bergan.