Allambergenov Axmet Janabergenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarida kasbiy-texnologik kompetentlikni rivojlantirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped534.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Babashev Farxad Aytmuratovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarida kasbiy-texnologik kompetentlikni rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda kasbiy-texnologik kompetentlikni rivojlantirish tuzilmasi kognitiv-axborot, kommunikativ, maxsus-texnologik, ijtimoiy komponentlarning birligi va o‘zaro aloqadorligini ta’minlaydigan integrativ-texnologik ta’limning dinamik xususiyati barqarorligiga faol ta’sir etuvchi predmetlar va jarayonlarning ma’lum bir doirasiga nisbatan o‘zaro bog‘liq shaxsiy sifatlarning ichki integrallashuvini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda kasbiy-texnologik kompetentlikni rivojlantirishning kognitiv, operatsion-amaliy (ko‘nikma va malaka), ehtiyoj-motivatsion (qiziqishlar, motivlar, ehtiyojlar, kasbiy-ahamiyatli sifatlar) mezonlari kasbga yo‘naltirishning nazariy va amaliy jihatlarining vertikal pedagogika bilan bevosita uyg‘unligining natijaviylik darajasi kooperativligini belgilash orqali aniqlashtirilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarida kasbiy-texnologik kompetentlikni rivojlantirish modelining amaliy komponenti «Kasbiy-texnologik kompetentlik» to‘garak mashg‘uloti, variativ tavsifga ega elektiv kurslar va o‘quvchilarning kasbiy-texnologik kompetentlik darajasini aniqlash metodikasining o‘zaro qayta aloqaga kirishuvining maqbul adaptativligini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda kasbiy-texnologik kompetentlikni rivojlantirishning didaktik ta’minoti loyihaviy faoliyatni tashkil etish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonida o‘qitishning interaktiv vositalarini oqilona tanlash, kreativ tafakkurni rivojlantirish, nazariy va ishlab chiqarish ta’limining duallik tamoyili bilan identivlik xususiyatini integratsiyalash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarida kasbiy-texnologik kompetentlikni rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarda kasbiy-texnologik kompetentlikni rivojlantirish tuzilmasi, o‘quvchilarda kasbiy-texnologik kompetentlikni rivojlantirishning kognitiv, operatsion-amaliy, ehtiyoj-motivatsion mezonlari, “Texnologiya” fanidan A2, A2+ darajalari uchun tayanch va fanga doir kompetensiyalarni aniqlashtirishga doir takliflardan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2019 yil 30 oktyabrdagi 01/11-01/01-2349-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Texnologiya” fanini o‘qitish mazmuni takomillashtirilib, “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” yo‘nalishlari bo‘yicha yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqishga erishilgan;
o‘quvchilarda kasbiy-texnologik kompetentlikni rivojlantirish modeli, “Kasbiy-texnologik kompetentlik” to‘garak mashg‘uloti, variativ tavsifga ega elektiv kurslar va o‘quvchilarning kasbiy-texnologik kompetentlik darajasini aniqlash metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan ITD-1-148 raqamli “Kasb ta’lim mazmunini modernizatsiyalash asosida o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi” (2012-2014 yy.) mavzusidagi amaliy loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 26 avgustdagi 89-03-3197-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarning o‘quvchilarda kasbiy-texnologik kompetentlikni rivojlantirishga doir o‘quv materiallarini maqbul tanlash malakasini oshirishga erishilgan;
o‘quvchilarda kasbiy-texnologik kompetentlikni rivojlantirishning didaktik ta’minotini takomillashtirish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonida o‘qitishning interaktiv vositalarini oqilona tanlash, kreativ tafakkurni rivojlantirish, nazariy va ishlab chiqarish ta’limining o‘zaro aloqadorligini ta’minlashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan kasb ta’limi (bino va inshootlar qurilishi) bakalavriat yo‘nalishi uchun “Temirbeton konstrukciya elementlerin esaplaw jolları” (“Temirbeton konstruksiya elementlarini hisoblash usullari”) nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 603-son buyrug‘i, 603-200 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarni o‘quvchilarda kasbiy-texnologik kompetentlikni rivojlantirishga tayyorlash samaradorligini oshirishga erishilgan.