Yusupxodjaeva Gulchexra Baxadirxodjaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Avtomobil` transporti korxonalari raqobat salohiyatidan samarali foydalanish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt546.
Ilmiy rahbar: Qodirov Tuyg‘un Uzoqovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Murad Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Iminova Nargiza Akramovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi avtomobil` transporti tizimida raqobat salohiyatidan foydalangan holda iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtomobil` transportining raqobat salohiyati tarkibiga raqamlashtirish salohiyatini kiritish asosida takomillashtirilib, uning asosida avtokorxonalarning texnik-ekspluatatsion raqobatbardoshligi va yo‘lovchi tashish hajmini oshirish asoslangan;
sohaning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda avtomobil` transportining raqobat salohiyatini ishlab chiqarishda transport ishlab chiqarishini tashkil etish, iqtisodiy jihatdan iqtisodiy munosabatlar darajasi va ijtimoiy jihatdan mehnat jamoasining ish unumdorligi salohiyatlari asosida baholash taklif qilingan;
Toshkent shahri va shahar atrofi avtoyo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatuvchi xususiy transport operatorlarining harakatdagi tarkibiga texnik, ta’mirlash va dezinfeksion tozalash bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni autsorsing (outsource) asosida yo‘lga qo‘yish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan;
jamoat transporti korxonalarining raqobat salohiyatini vaqtni kompleks boshqarish, yoqilg‘i mahsulotlari nazoratini samarali amalga oshirish, ta’mirlash ishlarini vaqtida tashkil etish, ehtiyot qismlar iqtisodi va bandlik kabi omillarni e’tiborga olgan holda oshirishda intellektual transport tizimlarini (GNSS-Global Navigation Satellite System) GPS, (AQSh), E-CALL (Evropa Ittifoqi) va GLONASS (RF) navigatsiya tizimlari bilan integrallashgan milliy UzGNS global navigatsiya tizimi asosida tashkil qilishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Avtomobil` transporti korxonalari raqobat salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
avtomobil` transportining raqobat salohiyati tarkibiga «raqamlashtirish salohiyati»ni kiritish asosida takomillashtirish hisobiga avtomobil` transporti korxonalari texnik-ekspluatatsion raqobatbardoshligi va yo‘lovchi tashish hajmini oshirish bo‘yicha taklif «Toshshahartransxizmat» AJ tizimiga joriy qilingan («Toshtransdispetcherxizmat» unitar korxonasining 2019 yil 18 oktyabrdagi 1732/09-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida jamiyat tarkibiga kiruvchi avtobus korxonalarining texnik-ekspluatatsion barqarorligi ta’minlangan va doimiy harajatlar miqdori o‘zgarmagan holda qo‘shimcha ravishda 96,0 ming yo‘lovchi tashishga erishilgan;
raqobat salohiyatini ishlab chiqarishda – «avtotransport ishlab chiqarishini tashkil etish», iqtisodiy jihatdan – «iqtisodiy munosabatlar darajasi» va ijtimoiy jihatdan – «mehnat jamoasining ish unumdorligi» salohiyatlari asosida baholash bo‘yicha takliflar «Toshshahartransxizmat» AJ tizimiga, jumladan UZGPS «BePro Dasturchilar markazi» MChJ faoliyatiga joriy qilingan («Toshtransdispetcherxizmat» unitar korxonasining 2019 yil 18 oktyabrdagi 1731/09-son ma’lumotnomasi). Taklif-larning joriy qilinishi natijasida tashish jarayonlarini masofadan boshqarish va monitoringi transport vositalaridan maqsadli foydalanmaslik, ularning turib qolishi holatlari va yoqilg‘i isrofgarchiliklarining oldini olish hisobiga tashish tannarxni 10-12 foizgacha pasaytirish, 30 ta yo‘lovchi tashuvchi engil avtomobillar misolida 2019 yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha 10 mln. so‘mdan ortiq boshqaruv, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash harajatlarining iqtisod qilinishiga xizmat qilgan;
harakatdagi tarkibga texnik, ta’mirlash va dezinfeksion tozalash bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni autsorsing (outsource) asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar Toshkent shahri va shahar atrofi avtoyo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatuvchi xususiy transport operatorlari amaliyotiga joriy etilgan («Toshtransdispetcherxizmat» unitar korxonasining 2019 yil 18 oktyabrdagi 1732/09-son ma’lumotnomasi). Takliflarning joriy qilinishi natijasida avtobus korxonalarining ishlab chiqarish bazalarida texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari faoliyati bo‘yicha yiliga 370,0 mln. so‘m qo‘shimcha sof daromad olingan hamda xususiy tashuvchilarda mazkur pozisiyalar bo‘yicha harajatlari 12 foizgacha pasayib, xizmatlari raqobatdoshligining oshishi ta’minlagan;
jamoat transportining raqobat salohiyatini oshirishda intellektual transport tizimlarini GPS, E-CALL va GLONASS navigatsiya tizimlari bilan integrallashuvchi milliy UzGNS global navigatsiya tizimi asosida tashkil etish bo‘yicha takliflar «Toshshahartransxizmat» AJ tizimiga joriy qilingan («Toshtransdispetcherxizmat» unitar korxonasining 2019 yil 18 oktyabrdagi 1731/09-son ma’lumotnomasi). Takliflarning joriy qilinishi natijasida salt yurish masofasini qisqartirish hisobiga yiliga 91,5 mln. so‘mlik yoqilg‘i harajatlari (2019 y.) va 20 ta avtobus yo‘nalishida yillik tashish harajatlari 850 mln. so‘mga tejalgan, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning muntazamligi va sifati oshgan.