Niyazova Dilbar Xoltemirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy matnda lisoniy shaxs tiplari”, 10.00.02 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fil 1033.
Ilmiy rahbar: Lutfullaeva Durdona Esonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori; Davlatova Ra’no, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Badiiy asar tahlili asosida o‘zbek tilida lisoniy shaxs tiplarini belgilash va nutqiy xususiyatlarini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy nutq ko‘rinishlari asosida o‘zbek tilida lisoniy shaxs tiplarini ajratishning hissiylik va tizimlilik tamoyillari ishlab chiqilgan;
nutqida shaxsiga xos sifatlarni namoyon etishiga ko‘ra hamda yakka shaxs yoki jamoa nutqini anglatishiga ko‘ra lisoniy shaxs tiplari ajratilgan;
o‘zbek tilida lisoniy shaxs tiplariga ishora qiluvchi maqol, matal va iboraning nutqni shakllantirishdagi ta’sirchan roli ochib berilgan;
badiiy matnlardagi adiblarning lisoniy qobiliyati, til vositalari (noadabiy qatlamga xos birliklar, hissiy bo‘yoqdor so‘zlar, kasbiy terminlar)dan personajlarni individuallashtirishda foydalanish mahorati yoritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Badiiy matnda lisoniy shaxs tiplarini tahlil qilish, ilmiy-amaliy ahamiyatini izohlash asosida:
badiiy matnlardagi adiblarning lisoniy qobiliyati, til vositalari (noadabiy qatlamga xos birliklar, hissiy bo‘yoqdor so‘zlar, kasbiy terminlar)dan personajlarni individuallashtirishda foydalanish mahorati doir ilmiy xulosalardan FA-F1-GOOZ raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zRFAQB Qoraqolpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2020 yil 13 yanvardagi 07/01-son ma’lumotnomasi). Natijada tilshunoslikda lisoniy shaxs tiplariga ishora qiluvchi yasalmalar majmuasi mavjudligi aniqlangan va foydalanish imkoniyatiga erishilgan;
o‘zbek tilida lisoniy shaxs tiplariga ishora qiluvchi maqol, matal va iboraning nutqni shakllantirishdagi ta’sirchan roliga oid nazariy xulosalardan IZ - 2018103134 raqamli“O‘zbek tilida neyming me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi davlat amaliy-tadqiqot dasturlari doirasidagi grantda foydalanildi (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 oktyabrdagi 89-03-3644-son ma’lumotnomasi). Natijada tilshunoslik badiiy matnda lisoniy shaxs nutqida nomlarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq daliliy materiallarga ega bo‘lgan.
badiiy nutq ko‘rinishlari asosida o‘zbek tilida lisoniy shaxs tiplarini ajratishning hissiylik va tizimlilik tamoyillariga doir xulosasidan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining ko‘rsatuvlarida adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 9 iyundagi 410-son ma’lumotnomasi). Natijada “Til millat ko‘zgusi”, “Fayzli kun” teleko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan.