Pulatova Malohat Rixsibaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sharq mumtoz adabiyotida “Arba’in” yozish an’analari (Jomiy, Navoiy va Fuzuliy asarlari misolida)”, 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil.188.
Ilmiy rahbar: Imomnazarov Muhammadjon Sultonovich, filologiya fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ochilov Ergash Zakirovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jomiy, Navoiy va Fuzuliy “Arba’in”–“Chihil hadis” asarlarining matnshunoslik va adabiy manbashunoslik nuqtai nazaridan o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Dastlab arab tilida turli ma’nolarda ishlatilgan “arba’in” istilohi o‘z tarixiy etimologik taraqqiyotida VIII-XII asrlar davomida sof diniy adabiyotdagi bir janr ma’nosini kasb etib, keyingi rivojlanish jarayonida uning mavzular doirasi falsafiy-tasavvufiy va adabiy yo‘nalishlar sari kengayib borganligi asoslangan;
Jomiy va Navoiy “Arba’in” – “Chihil hadis” asarlarining qo‘lyozma nusxalarining matnshunoslik tadqiqi asosida fors-tojik va turkiy she’riyatda XV asrga kelib aynan Jomiy, Navoiy va Fuzuliyning arba’inlari payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ning ijtimoiy-ahloqiy mazmundagi 40 ta hadisini she’riy qit’alar turkumi sifatida sharhlash asosida mustaqil adabiy-badiiy janr sifatida namoyon bo‘lganligi isbotlangan; 
Jomiy, Navoiy va Fuzuliy yaratgan “Arba’in”lar bir xil hadislar sharhiga bag‘ishlanganligiga qaramay, ular arab tilidagi hadislarning fors va turkiy tillaridagi oddiygina tarjimasi emas, balki har bir shoirning o‘ziga xos milliy va estetik konsepsiyadagi farqlar tufayli har biri bugungi kunda ham o‘z tarbiyaviy ahamiyatini saqlab kelayotgan alohida badiiy asarlar ekanligi dalillangan;
musulmon mintaqa adabiyotida turli mavzudagi 40 ta hadisni nasr yoki nazmda sharhlash negizida asrlar davomida “arba’in” yozish an’anasi yuzaga kelganligi va keyingi davrlarda ham bu an’ana davom etganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sharq mumtoz adabiyotida “Arba’in” yozish an’analari (Jomiy, Navoiy va Fuzuliy asarlari misolida) mavzusi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
dissertatsiyaning “Arba’in” (“اربعين”) – “Chihil hadis” (“چهل حدیث) asarlarida Kur’oni karim va hadislarning adabiy talqini, Jomiy, Alisher Navoiy “Arba’in” asarlarining qo‘lyozma nusxalari tavsifi kabi masalalarga oid ma’lumotlardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi vazifalaridan biri bo‘lgan muqaddas qadriyatlarimizni o‘zida ifoda etgan manbalarni tizimli tahlil etishda, adabiyotshunoslik, adabiy manbashunoslik fanlari bo‘yicha “Imom Buxoriy ta’rifi” nomli risolaning Imom Buxoriy hayoti va ma’naviy merosini o‘rganish qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 12 fevraldagi 02/54-son dalolatnomasi). Ushbu ilmiy natijalarning qo‘llanishi islomshunoslikka oid “Arba’in” asarlari manbalarini jamiyatga etkazishning nazariy-metodologik usullari bilan birga komil inson haqidagi qarashlar, milliy qadriyatlar asosida jamiyat dunyoqarashini sog‘lom holatda kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etgan;
dissertatsiyaning arba’inlarda Qur’oni karim va hadislarning adabiy talqini masalalari bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalarning natijalaridan Xalqaro islom akademiyasining “PZ-20170930192-“Hakim at-Termiziyning “Navodir al-usul” va “Masoil” asarlarining tanqidiy matnini tayyorlash va saylanmasini nashr etish” amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2019 yil 29 avgustdagi 2348-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida yaratilgan “Tasavvuf” o‘quv qo‘llanmasidagi “Arba’in hadis” mavzusiga bag‘ishlangan qismini yoritishda foydalanilgan;
“Arba’in”larda Qur’oni Karim va hadislarning adabiy talqini, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy “Arba’in”larining Sharq mumtoz adabiyoti an’analari rivojiga qo‘shgan hissasi, arba’inlardagi badiiy mahorat masalalari, badiiy til uslublari yuzasidan olingan nazariy xulosalardan “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Bedorlik”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” radioeshittirishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2019 yil 20-avgustdagi O‘z/r-1-157-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi adabiyot ixlosmandlari, o‘zbek kitobxonlari va radiotinglovchilar uchun sharq adabiyotida keng tarqalgan ma’naviy-axloqiy yo‘nalishdagi asarlar yaratish an’analarining mumtoz adabiyotda ham keng qo‘llanilganini ma’lumot berishda muhim manba vazifasini bajargan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish