Maxmudova Dilfuza Melievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda kreativ kompetentlikni muammoli ta’lim texnologiyalari asosida rivojlantirish metodikasi (matematika fanini o‘qitish misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Ped146.
Ilmiy rahbar: Muxamedov Gafurdjan Israilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti. PhD.03/30.12.2019.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Djalilov Adxam Abduraxmonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi matematikani o‘qitish jarayonida talabalarda kreativ kompetentlikni muammoli ta’lim texnologiyalari asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kreativ kompetentligi tushunchasining mohiyati va tuzilmasi (komponentlari, mezonlari va darajalari) talabalarning ma’lum topshiriqlarni echishga doir nostandart fikrlash darajasini jadallashtirish va matematik usullar yordamida echimlarini topa olish qobiliyatida namoyon bo‘ladigan shaxsning integrativ dinamik xususiyatini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak matematika o‘qituvchilarida kreativ kompetentlikni rivojlantirish modelini amaliyotga tatbiq etishning metodik bosqichlari kreativlikka yo‘naltirilgan masalalarni tuzish va echish tamoyillari (normativlik, izchillik va universallik) hamda ijodiy va amaliy mazmundagi masalalarga qo‘yilgan talablarning (ingerentlik, adekvatlik) vertikal pedagogika bilan maqbul integratsiyalashuv darajalarining o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
matematikani o‘qitish jarayonida talabalar kreativ kompetentligini rivojlantirishning interfaol ta’limga asoslangan tizimi matematik-didaktik o‘yinlarni (nol yutuqli, antogonistik va matrisali antogonistik) intensiv qo‘llashga doir izlanishli, evristik, loyihaviy, kreativ topshiriqlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kreativ kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi matematik topshiriqlar matematika kursining «Variatsion hisob», «Optimal boshqaruv» bo‘limlariga oid masalalarni (eng kichik aylanma sirt, braxistaxron, holat koordinatalari va boshqaruvga bog‘liq funksionalning berilishi) muammoli ta’lim texnologiyasi amalga oshirish darajalarining gorizontal integrallashuvini hisobga olish asosida ishlab chiqilgan;
matematikani o‘qitish jarayonida talabalar kreativ kompetentligining rivojlanganlik darajasini aniqlash metodikasi mobillikni ta’minlashga imkon beruvchi maxsus usullarning (kreativlikka yo‘naltirilgan muammoli matematik topshiriqlar, so‘rovnomalar, ekspert varaqalari) adaptativ variantlarini qo‘llash bo‘yicha vizuallikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Muammoli ta’lim texnologiyalari yordamida talabalarda kreativ kompetentlikni rivojlantirish metodikasiga doir olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarning kreativ kompetentligi tushunchasining mohiyati va tuzilmasi talabalarning ma’lum topshiriqlarni echishga doir nostandart fikrlash darajasini jadallashtirish va matematik usullar yordamida echimlarini topa olish qobiliyatida namoyon bo‘ladigan shaxsning integrativ dinamik xususiyatini hisobga olish asosida aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan 5110100 – matematika o‘qitish metodikasi bakalariat yo‘nalishining malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 iyuldagi 89-03-2494-son ma’lumotnomasi). Natijada, kreativ yondashuvga asoslangan o‘quv-uslubiy ta’minotni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
bo‘lajak matematika o‘qituvchilarida kreativ kompetentlikni rivojlantirish modelini amaliyotga tatbiq etishning metodik bosqichlari kreativlikka yo‘naltirilgan masalalarni tuzish va echish tamoyillari hamda ijodiy va amaliy mazmundagi masalalarga qo‘yilgan talablarning vertikal pedagogika bilan maqbul integratsiyalashuv darajalarining o‘zaro uyg‘unligini ta’minlashga doir amaliy tavsiyalardan Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 6 yanvardagi 6-sonli «Aniq, tabiiy, gumanitar va filologiya fanlaridan tayanch maktablarni tashkil etish» haqidagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan metodik ta’minotni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020 yil 3 sentyabrdagi 01/11-03/6-956-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak matematika o‘qituvchilarining o‘quvchilarda kreativlikni rivojlantirishga tayyorlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
matematikani o‘qitish jarayonida talabalar kreativ kompetentligini rivojlantirishning interfaol ta’limga asoslangan tizimi matematik-didaktik o‘yinlarni intensiv qo‘llashga doir izlanishli, evristik, loyihaviy, kreativ topshiriqlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan amaliy taklif va tavsiyalardan FRGS19–039–0647 Entitled «Dynamics of Excited States of Neutron-Rich Well Deformed Lanthanide Nuclei» (International Islamic University of Malaysia, approved by Ministry of Higher Education of Malaysia (MOHE)) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 iyuldagi 89-03-2494-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda kreativ fikrlashni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarning kreativ kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi matematik topshiriqlar matematika kursining «Variatsion hisob», «Optimal boshqaruv» bo‘limlariga oid masalalarni muammoli ta’lim texnologiyasi amalga oshirish darajalarining gorizontal integrallashuvini hisobga olishga doir taklif va tavsiyalardan P3-2014-0910185149 raqamli «Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari» (2015-2017 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 iyuldagi 89-03-2494-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning matematik topshiriqlar ustida ishlash layoqatini rivojlantirishga xizmat qilgan;
matematikani o‘qitish jarayonida talabalar kreativ kompetentligining rivojlanganlik darajasini aniqlash metodikasi mobillikni ta’minlashga imkon beruvchi maxsus usullarning adaptativ variantlarini qo‘llash bo‘yicha vizuallikni ta’minlashga doir tavsiyalardan FRGS19–039–0647 Entitled «Dynamics of Excited States of Neutron-Rich Well Deformed Lanthanide Nuclei» (International Islamic University of Malaysia, approved by Ministry of Higher Education of Malaysia (MOHE)) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 iyuldagi 89-03-2494-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda kreativlikning rivojlanganlik darajasini o‘lchash va baholashga xizmat qilgan.