Safarov Navro‘z Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tizza bo‘g‘imi osteoartritlarida artroskopik debridement va chuqur tunnelizatsiya usullarini qo‘llab davolashni takomillashtirish», 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib 1100.
Ilmiy rahbar: tibbiyot fanlari doktori Irismetov Murodjon Ergashevich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Valiev Erkin Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori; Umarov Fayzulla Xabibullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: TBOA bilan kasallangan bemorlarda artroskopik debridement va chuqur subxondral tunnelizatsiya qilish usullarini qo‘llab, davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tizza bo‘g‘imi osteoartritlarini davolash uchun kompleks artroskopik debridement va suyak ko‘migi kanaligacha o‘tkaziluvchi xamda og‘riq xissini pasaytirish imkonini beruvchi chuqur subxondral tunnelizatsiya usuli ishlab chiqilgan;
tizza bo‘g‘imi osteoartritlarida klinik, goniometrik va instrumental tekshiruv natijalariga asoslangan klinik-tashxisiy mezonlar operatsiya usulini tanlash taktikasini belgilab berishi isbotlangan;
tizza bo‘g‘imi osteoartritlarida operatsiyadan keyingi davrda bo‘g‘im suyuqligida katalaza fermenti faolliginiya kamayishi, glutationreduktaza va superoksiddismutaza kabi fermentlarning xamda oqsil va fosfolipidlarning oshishi aniqlangan va ularning xondromalyasiya o‘choqlarini tiklashda imkon berishi isbotlangan;
tizza bo‘g‘imi osteoartritlarini davolash uchun ishlab chiqilgan kompleks artroskopik debridement va chuqur subxondral tunnelizatsiya usuli operatsiyadan keyingi davrda shina va fiksatsiyalovchi vositalardan voz kechish va bo‘g‘im faoliyatini erta reabilitatsiya qilish imkonini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tizza bo‘g‘imi osteoartritlarida artroskopik debridement va chuqur tunnelizatsiya usullarini qo‘llab davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Kattalar tizza bo‘g‘imlari artrozini operativ davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 29 noyabrdagi 8n-d/290-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar tizza bo‘g‘imi osteoartrozini artroskopik davolash orqali natijalarning yaxshilanishi isbotlash imkonini bergan;
«Tizza bo‘g‘imi artrozini operativ davolash usuli»ga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (№FAP 01454, 16.04.2019). Olingan natijalar tizza bo‘g‘imi faoliyatini tiklashga imkon bergan;
TBOAlarida artroskopik debridement va chuqur tunnelizatsiya usullarini qo‘llab, davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, shu jumladan Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali, Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 29 noyabrdagi 8n-d/290-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliy tibbiyotga joriy etilishi byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan.