Fazilova Sharifa Mirxamidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yangi qon o‘rnini bosuvchi «Reomannisol»ning gemolitik anemiyada qo‘llanishi», 14.00.16 – Normal i patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib671.
Ilmiy rahbar: Karimov Xamid Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03
Rasmiy opponentlar: Saidov Alonur Baxtinurovich, tibbiyot fanlari doktori; Yuldashev Nosir Muxamedjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fenilgidrazin chaqirgan eksperimental gemolitik kamqonlik dinamikasi rivojlanishida tananing hayotiy faoliyatining muayyan metabolik, funksional va tarkibiy parametrlariga mahalliy qon o‘rnini bosuvchi reomannisolning ta’sirini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kalamushlarda gemolitik kamqonlikning tajriba modeli asosida, fenilgidrozinni (50 mg/kg) qorin bo‘shlig‘iga bir martalik yuborish yo‘li orqali olingan qon va mielogramma gematologik ko‘rsatkichlari, jigar va taloq struktur komponentlari morfologiyasi, temir va bilirubin almashinuvi, antioksidant tizim, lipidlar perekis oksidi va endogen intoksikatsiya holatining gemolitik kamqonlik shakllanishida patonenetik ahamiyati asoslangan;
qonda eritrotsitlar miqdorining kamayishi bilan temir almashinuvining oshishi o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik (OJSS- r=0,61; ferritin bilan r=0,46) va umumiy bilirubin miqdori (r=0,48), AOS faolligining kamayishi bilan (katalazaning - r=0,45; GR - r=0,57; GPO - r=0,54 va SOD r=0,34) va POL oshishi bilan (MDA - r=0,62; dienli kon’yugatlar - r=0,55 va LPO/AOT koeffisientining - r=-0,38), shuningdek EI oshishi bilan (SMpl - r=0,52; konsentratsii OPpl konsentratsiyasi r=0,92; i OPer r=0,92) belgilangan, bu esa gemolitik kamqonlik shakllanishida ularning o‘zaro bog‘liqlikligi isbotlangan;
eksperimental gemolitik kamqonlik patogenezida aniqlangan buzilishlarning (umumiy qon tahlili, mielogramma, temir almashinuvi va endogen intoksikatsiya ko‘rsatkichlari) gemolitik jarayonlar shakllanishidagi o‘rni ochib berilgan;
eksperimental gemolitik kamqonlikdagi qon va mielogramma gematologik ko‘rsatkichlari, jigar va taloq struktur komponentlari morfologiyasi, temir va bilirubin almashinuvi, antioksidant tizim, lipidlar perekis oksidi va endogen intoksikatsiya holatini kompleks dinamik bahosi asosida, gemolitik kamqonlik davosida yangi mahalliy qon o‘rnini bosuvchi «Reomannisol» dori vositasini qo‘llashning yuqori samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yangi qon o‘rnini bosuvchi «Reomannisol»ning gemolitik anemiyada qo‘llanilishini samaradorligini baholash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
«Gemolitik kamqonlikni moddellash tartibi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi 10-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma gemolitik kamqonlik kasallikni tashxislash va davolashning samarali tizimini amalga oshirish imkonini bergan;
Yangi qon o‘rnini bosuvchi «Reomannisol»ning gemolitik anemiyada qo‘llanilishini samaradorligi oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti shifoxonasining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 28 dekabrdagi 11-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi temir almashinuvi va endogen intoksikatsiya ko‘rsatkichlarini tiklash asosida, gemoglobin va eritrotsitlar miqdorini me’yoriy holatga keltiruvchi yangi mahalliy qon o‘rnini bosuvchi «Reomannisol» dori vositasining qo‘llanilishi bo‘yicha tadqiqotning asosiy natijalarini tadbiq qilinishi, gemolitik kamqonliklarda davolash samaradorligini oshirish va kasallanish sonini kamayishtirish imkon bergan.