Tashmatova Gulnoza A’loevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston sanoat hududlaridagi bolalarda bronxial astmaning klinik-patogenetik xususiyatlari, tashxisot va davolash usullari», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib633.
Ilmiy rahbar: Xalmatova Barno Turdixodjaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Fedoskova Tat`yana Germanovna, tibbiyot fanlari doktori (Rossiya Federatsiyasi), Shamsiev Furkat Muxitdinovich tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qozon davlat tibbiyot universiteti. 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Atrof-muxit salbiy omillari ta’sirida yashovchi bolalarda bronxial astmaning klinik-laborator xususiyatlarini aniqlash va tashxisot, davolash va profilaktika usullarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor ISAAC modifikatsiyalangan epidemiologik tekshiruv usulini qo‘llagan holda Toshkent viloyatining sanoat hududlarida yashovchi bolalar orasida BA simptomlari tarqalishini ikki bosqichli standartlashtirilgan tekshiruvi amalga oshirilgan;
BA bilan kasallanish oshishiga olib keluvchi yuqori antropogen yuklama birgalikdagi noqulay ta’siri isbotlangan;
BA ning klinik ko‘rinishlari hamda tashqi muhit noqulay omillari birgalikdagi ta’siri darajasi,  hamda periferik qondagi eozinofillar orasidagi bevosita korrelyasion bog‘lanishga ega ekanligi isbotlangan;
ilk bor sanoat hududlarida yashovchi bolalar orasida BA patogenezida leykotrien Cys-LT ishtirok etishi  isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sanoat hudularidagi bolalarda bronxial astmaning klinik-patogenetik xususiyatlari, tashxisot va davolash usullarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
«Bolalardagi bronxial astmaning tarqalganligi va xavf omillari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 6 martdagi 8n–r/83-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomasi bronxial astma bilan xastalangan bolalarni erta tashxisoti va dispanser nazoratiga olish, maktabgacha tarbiya va ta’lim muassasalarida so‘rovnoma o‘rdamida skrining tekshiruv dasturiga ushbu usulni joriy qilishga imkon bergan; 
«Erta yoshdagi bolalarda bronxial astmani tashxislash va davolash usullari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 7 maydagi 8n–r/179-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tashxisot usullarini takomillashtirish va bolalarda BA davolash taktikasini qulaylashtirish imkonini bergan; 
Sanoat hudularidagi bolalarda bronxial astmaning klinik-patogenetik xususiyatlari, tashxisot va davolash usullarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi 1- klinikasi,  Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli markaz bolalar allergologiya bo‘limi faoliyatiga kiritilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 17 dekabrdagi 8n-d/311-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar bronxial astmaning rivojlanishini aniq prognoz qilishga, asoratlar sonini pasayishiga, kasallik rivojlanishini oldini olishga va remissiya vaqtini uzaytirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish