Turdieva Hulkar Komilovnaning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nutqiy etiket birliklarining lingvopragmatik tadqiqi (fors va o‘zbek tillaridagi materiallar asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2019.3.PhD/Fil997.
Ilmiy rahbar: Sotiboldieva Sarvinoz Ruzievna, Filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Alimuxamedov Rixsitilla Abdurashidovichfilologiya fanlari doktori; Hakimov Muhammad Xo‘jaxonovich filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: fors va o‘zbek tillarida og‘zaki nutq etiketini batafsil o‘rganish, har ikki tilda nutqiy etiket bo‘yicha konsepsiya tuzishda xizmat qiluvchi manbalar to‘plash va ularni ilmiy va amaliy dalillab, lingvopragmatik jihatdan tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va fors tillari materiallarini chog‘ishtirish natijasida individual fikrlar (direktiv (aslida “Bald on”) va nodirektiv  (aslida “Record off”) strategiyalari) ilgari surilib, monografik tavsifi misollar asosida dalillangan;
nutqiy etiket birliklarining (fors tilida: taorif) tamoyillari, qo‘llanilish strategiyalari, substrategiyalari, feys ifodasi, FTA (Face threatening acts - feysga tahdid soluvchi harakatlar) va FSA (Face saving acts- feysni saqlovchi harakatlar) nazariyalari fors va o‘zbek tiliga tatbiq qilingan va ashyoviy misollar bilan aniqlangan;
fors va o‘zbek tillarida salomlashuv, xayrlashuv, mulozamat birliklari hamda murojaat shakllari aks etgan nutqiy aktlar lingvopragmatik nuqtai nazardan tekshirilib, ikki til nutqiy etiket birliklaridagi universaliya, xarakterologiya, unikaliyalar hamda allomorf va izomorflar misollar asosida isbotlangan;
nutqiy etiket birliklarining har ikki qo‘llanish o‘rinlari, stilistik, genderologik, kommunikativ jihatdan turlari og‘zaki va yozma nutq jarayonida empirik usulda jadval asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nutqiy etiket birliklarining lingvopragmatik tadqiqi (fors va o‘zbek tilidagi materiallar asosida) bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘rta asrlarda Eronda muloqot odobi tamoyillarining idoraviy va ijtimoiy mezonlarga ega ekanligi to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy xulosalardan OT-F1-71 raqamli «Ilk va o‘rta asrlar Markaziy Osiyo mintaqasida etnolingvistik vaziyat» (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining,  2020 yil 17 martdagi 89-03-1130-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta asrlarda Eronda til vaziyati va uning o‘ziga xosliklari hamda o‘sha kezlarda qo‘llangan idoraviy etiket masalalarni ochib berishga asos bo‘lgan;
tadqiqotdagi jahon tilshunosligida nutqiy etiket birliklari (“politeness”)ning ilmiy nazariy asoslari va tamoyillariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi hamda Respublika Tojik milliy madaniy markazi tomonidan o‘tkazilgan «Til millat ko‘zgusidir» mavzusidagi anjuman materiallarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahar jamoat birlashmasi Respublika tojik milliy madaniy markazining 2019 yil 9 oktyabrdagi 01-73- son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy, madaniy istiqbollarga erishishlariga tadqiqot natijalari foydali manbalardan biri bo‘lib xizmat qilgan;
fors va o‘zbek tillarida turli nutqiy aktlarda nutqiy etiket birliklarining qo‘llanilish strategiyalariga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi  «Yoshlar» teleradiokanalida efirga uzatiladigan «Oqshomga qadar» dasturi “Yoshlar mehmonxonasi” eshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi  «Yoshlar» teleradiokanalining 2019 yil 12 noyabrdagi 14-03-392-son ma’lumotnomasi). Natijada radioeshittirishlar ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilib, ularning ilmiy-ma’rifiy saviyasi oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish