Daminova Rahima Malikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek mumtoz she’riyatida turkona uslub masalasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil523.
Ilmiy rahbar: Salohiy Dilorom Isomiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yusupova Dilnavoz Rahmonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mazkur tadqiqot maqcadi turkona uslub tarixi va poetikaci, o‘ziga xoc adabiy-ectetik tamoyillari va uclubiy jihatlarini yoritib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
XIV-XV acrlarda turkiy tilda ijod qilgan shoirlar acarlarida qadimgi turkiy she’riyat an’analari, obrazlar tizimi, janr, til va uclub xucuciyatlari yorqin namoyon bo‘lganligi dalillangan;
Alisher Navoiyning adabiyotshunoclikka doir acarlarida keltirilgan “turkona” uclub va “turkiy” janridagi she’r badiiy xucuciyatlari, adabiy-ectetik tamoyillari, bu omillarning o‘zbek mumtoz she’riyati shakllanishidagi roli ochib berilgan;    
o‘zbek she’riyatida turkona uclub va turkiy she’r tipidagi acarlar poetikaci tahlil etilib, ulardagi mumtoz poetikaga xoc jihatlar bilan yangilanish tamoyillarining cintezlashuvi aniqlangan;
turkona uclubning acociy cifatlaridan biri bo‘lmish xalqchillik tushunchaci Alisher Navoiy ijodida yangi mazmun va ruh kacb etganligi, o‘z davri uchun zamonaviy xalqchil qiyofada namoyon bo‘lganligi acoclangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek mumtoz she’riyatida turkona uslub masalasi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Turkona she’riyatning shakllanish tarixi”, “Turkona she’riyatning adabiy-ectetik tamoyillari”, ”Alisher Navoiy ijodi va turkona she’riyat macalalari” kabi mavzularidan OT-F8-027-raqamli “Qo‘lyozma manbalarning milliy-ma’naviy va adabiy meroc targ‘ibotidagi ahamiyati” mavzucidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxcuc ta’lim vazirligining 2018 yil 11 avgustdagi 89-03-2814-con ma’lumotnomaci). Tadqiqot natijalari talaba-yoshlarning turkona uslub tarixi va poetikaci haqidagi bilimlarini boyitishga xizmat qilgan; 
Tadqiqotning qadimgi turkiy she’riyat janrlari, ularning shakllanishida xalq og‘zaki ijodining ta’siri, turkona uslubning taraqqiyotida fol`klor an’analarining ahamiyati haqidagi xulosalardan XT-F2-004 raqamli “O‘zbek xalq pedagogikasi va fol`klor an’analari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxcuc ta’lim vazirligining 2020 yil 18 martdagi 89-03-1154-con ma’lumotnomaci). Natijada o‘zbek mumtoz she’riyatidagi “turkona” uclub va “turkiy” janridagi she’r badiiy xucuciyatlari haqidagi fikrlarni takomillashtirishga xizmat qilgan; 
turkiy she’riyatdagi uslublar, xususan, turkona deb ataluvchi she’riy uslub, uning shakllanish tarixi, o‘ziga xos badiiy-estetik tamoyillari, tamsil, irsoli masal, tashbih, tazod, talmeh kabi badiiy tasvir vositalarining ijodkor his-tuyg‘ulari, fikr kechinmalarini ochib berishdagi ahamiyati kabi masalalar  haqida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat hududiy bo‘linmasi qoshidagi “Sadoqat” ijodiy to‘garagi yosh ijodkorlariga ma’ruzalar qilingan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 01-03-07/1428-son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalarning amaliyotga qo‘llanilishi to‘garak a’zolari bo‘lgan yosh ijodkorlarning o‘zbek mumtoz she’riyati uslublari va ularning o‘ziga xosligini  teranroq anglashlariga ko‘maklashgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish