Davlyatov Valisher Xakimjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Advokatura institutini takomillashtirishda advokatlik tuzilmalari va o‘zini o‘zi boshqarish organining huquqiy maqomi masalalari», 12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Yu353.
Ilmiy rahbar:  Salomov Baxrom, yuridik fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti,  DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03. 
Rasmiy opponentlar: Tulaganova Gulchexra Zaxitovna, yuridik fanlar doktori, professor; Astanov Istam Rustamovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi advokatura institutini takomillashtirishda advokatlik tuzilmalari va o‘zini o‘zi boshqarish organining huquqiy maqomini takomillashtirish bo‘yicha takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ayni bir shaxsning ketma-ket ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining raisi bo‘lishi mumkin emasligi asoslangan; 
advokatura va advokatlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish orqali yagona qonun hujjatini – «Advokatura va advokatlik faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini qabul qilish zarurligi asoslab berilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining raisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini muhokama qilish bo‘yicha majlislarida ishtirok etishga va ular yuzasidan fikr-mulohazalar bildirishga haqli ekanligi asoslab berilgan; 
advokatlik byurosini ta’sis etgan advokat o‘z faoliyatini unga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joylarni advokatlik byurosi faoliyatida foydalanish uchun noturar joylar toifasiga o‘tkazishi talab etilmasligi asoslangan;
advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun to‘lanadigan davlat boji stavkalari miqdorlari qonun osti hujjatlari bilan emas, balki ustuvor qonun darajasida belgilanishi zarurligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Advokatura institutini takomillashtirishda advokatlik tuzilmalari va o‘zini o‘zi boshqarish organining huquqiy maqomi masalalari mavzusidagi tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
ayni bir shaxsning ketma-ket ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining raisi bo‘lishi mumkin emasligi va Advokatlar palatasining raisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini muhokama qilish bo‘yicha majlislarida ishtirok etishga hamda ular yuzasidan fikr-mulohazalar bildirishga haqli ekanligi to‘g‘risidagi takliflardan «Advokatura to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2019 yil 20 maydagi 06/1–06/1853vx–son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinishi Advokatlar palatasi raisining huquqiy maqomini oshirishga va uning qonun ijodkorligi jarayonidagi ishtirokini mustahkamlashga xizmat qilgan;
advokatura va advokatlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish orqali «Advokatura va advokatlik faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qabul qilish zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oliy Majlis Senati Kengashining 2019 yil 26 martdagi 2419-III/KQ-523-III-sonli Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi»ning 45-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining 2020 yil 22 iyundagi 02–09–234-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi bir nechta qonun va o‘ndan ortiq qonun osti hujjatlarini tizimlashtirish orqali yagona qonunni qabul qilishga xizmat qiladi;
advokatlik byurosini ta’sis etgan advokat o‘z faoliyatini o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joylarni advokatlik byurosi faoliyatida foydalanish uchun noturar joylar toifasiga o‘tkazishi talab etilmasligi to‘g‘risidagi taklifdan «Advokatura to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2019 yil 20 maydagi 06/1–06/1853vx-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi advokatlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq byurokratik to‘siqlarning oldini olishga xizmat qilgan;
advokatlik byurolarini, advokatlik firmalarini va advokatlar hay’atlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun to‘lanadigan davlat boji stavkalari miqdorlari qonun osti hujjatlari bilan emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonun darajasida belgilanishi zarurligi to‘g‘risidagi taklifdan «Davlat boji to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining 2020 yil 11 iyundagi 02–09–219-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun to‘lanadigan davlat bojiga oid normalarni barqaror qonun darajasida belgilashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish