Muxitdinova Kamola Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Avtomobil` transporti korxonalari investision faoliyati samaradorligini oshirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2PhD/Iqt644
Ilmiy rahbar: Saidov Muxammadali Xakimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Samatov G‘affor Allakulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qosimova Dilorom Sobirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi avtomobil` transporti korxonalarining investision faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
transport xizmatlari istiqbol bozor kon’yukturasi, investisiyalarni asosiy vositalar, ustuvor ravishda transport vositalarini yangilashga samarali yo‘naltirish va ishlab chiqarish resurslaridan natijador foydalanish asosida avtobus saroylarini optimallashtirishning iqtisodiy samaradorligi asoslangan;
avtomobil` transporti korxonasi investision faoliyatida sinergetik samaradorlikka erishishning iqtisodiy modeli ichki jarayonlar tarkibida qiymat zanjirini integratsiyalash va keng qamrovli tejamkorlik talablarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
transport vositalari, texnologik uskunalar va ehtiyot qismlariga sifat jihatdan qo‘yilgan talablarni e’tiborga olgan holda optimal xarid narxlarini qo‘llash asosida avtomobil` transporti korxonasining investisiyaga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash modeli takomillashtirilgan;
transport vositalarini optimal ekspluatasiya qilgan holda aylanma mablag‘lardan investisiya manbalarining samarali mexanizmi sifatida foydalanish asosida avtobus saroylari aylanma mablag‘larining maqbul normasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Avtomobil` transporti korxonalarining investision faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
transport xizmatlari istiqbol bozor kon’yukturasi, investisiyalarni asosiy vositalarni yangilashga maqsadli va samarali yo‘naltirish hamda ishlab chiqarish resurslaridan natijador foydalanish asosida avtobus saroylarini optimallashtirish bo‘yicha takliflar «Toshshahartransxizmat» AJ faoliyatiga joriy etilgan («Toshshahartransxizmat» AJning 2019 yil 30 oktyabrdagi 7-17/410-son ma’lumot-nomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish asosida 12 ta avtobus saroyi negizida 8 ta avtobus saroyi tashkil etilgani iqtisodiy samaradorlik va investision faoliyatning sinergetik samaradorligining oshishiga xizmat qilgan;
avtomobil` transporti korxonasi investision faoliyatida sinergetik samaradorlikka erishish iqtisodiy modelini takomillashtirish bo‘yicha takliflar «O‘rtaOsiyoTrans» AJ amaliyotiga joriy etilgan (AJning 2019 yil 18 noyabrgi 229-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida AJ qiymat zanjirini integratsiyalash va keng qamrovli tejamkorlikni amalga oshirish hisobiga investisiyalar hajmining ortishi, jumladan 2019 yilning birinchi yarim yilligida ichki manbalar hisobidan 91 mln. so‘m miqdorida investisiya kiritish imko-nini bergan;
transport vositalari, texnologik uskunalar va ehtiyot qismlariga sifat jihatdan qo‘yilgan talablarni e’tiborga olgan holda optimal xarid narxlarini qo‘llash bo‘yicha takliflar «O‘rtaOsiyoTrans» AJ amaliyotiga joriy etilgan (AJning 2019 yil 18 noyabrdagi 229-son ma’lumotnomasi). Aksionerlik jamiyatida sifatga qo‘yilgan talab-larni e’tiborga olgan holda tegishli parametrlarni qo‘llash hisobiga 2019 yilning 1-yarim yilligida tashish hajmi 3,9 foizga oshgan hamda qo‘shimcha olingan 174 mln. so‘m mablag‘ GPRS-navigasiya tizimi faoliyatini takomillashtirishni moliyalashtirishga xizmat qilgan;
transport vositalarini optimal ekspluatasiya qilgan holda aylanma mablag‘lardan investisiya manbalarining samarali mexanizmi sifatida foydalanish asosida avtobus saroylari aylanma mablag‘larining maqbul normasi «Toshshahartransxizmat» AJ faoliyatiga joriy etilgan («Toshshahartransxizmat» AJning 2019 yil 30 oktyabrdagi 7-17/410-son ma’lumotnomasi). Taklifning amalga oshirilishi natijasida har bir korxona bo‘yicha 2019 yilda 200 mln. so‘mdan ortiq aylanma mablag‘ni tejash imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish