Sharafutdinov Ulugbek Ziyatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Yuqori karbonatli rudalardan uranni er osti ishqorlash tejamkor texnologiyasining fizik-kimyoviy asoslari», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/T139.
Ilmiy maslahatchi: Sharipov Xasan Turabovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Maxmudjan Maxamadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Xasanov Abdurashid Solievich, texnika fanlari doktori, professor; Pirmatov Eshmurad Azimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Mineral resurslar instituti» DK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Navoiy kon-metallurgiya kombinati sharoitida yuqori karbonatli ma’danlardan uran rudalari foydali tarkibiy qismlarini er osti ishqorlash tejamkor texnologiyasining fizik-kimyoviy asoslarini yaratish reniy, KEE ajratib olish va tayyor mahsulotlar - ammoniy perrenat, metall reniy va KEE konsentratlarini olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uran ishlab chiqarish eritmalarining tarkibida uranning uranil sul`fat, kamyob er elementlarining uch valentli murakkab sul`fatli birikmalar, reniyning anion ReO4- ko‘rinishida ekanligi aniqlangan;
ilk bor kuchli asosli VO-020 anionitda reniy ionlari sorbsiyasi va desorbsiya jarayonlari uchun muqobil kinetik sharoitlar aniqlangan;
uran-fosfat cho‘kmasining sul`fat kislota eritmasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri erishi natijasida tarkibida (g/l): uran 30–35; fosfor 1,5, sul`fat kislota 135–140 bo‘lgan eritma olingan va uranni ion almashinish usulida ajratishda VO-020 ionitning uran bo‘yicha to‘yinganligi 170–180 mg/l ga teng ekanligi aniqlangan;
EOTEO‘ eritmalaridan KEE ni ajratib olishning yangi kombinatsiyalangan texnologik sxemasini ishlab chiqish orqali ularni ekstraksion-konsentrlash usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor yuqori karbonatli uran ma’danlarini EOTEO‘ uchun tabiiy reaktorning modeli hamda tajriba maydonchasida belgilangan oraliqda (121,0–123,5 m) sun’iy suv to‘sig‘i yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori karbonatli ma’danlardan uranni EOTEO‘ texnologiyasini ishlab chiqish va parametrlarini intensifikatsiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ma’dan boshqaruvi er osti suv o‘tkazgichlarni yaratish yoki hosil bo‘lgan bo‘shliqlarni o‘tkazuvchan bo‘lmagan materiallar bilan to‘sish orqali tanlab eritmaga o‘tkazish reagentining oqishini aniqlash usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 5-son ma’dan boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2019 yil 28 noyabrdagi 02-06-04/15131-son ma’lumotnomasi). Natijada, sun’iy ushlab turish zonasida fil`tratsiya koeffisientining 4 baravar, ish vaqti va reagentlar iste’molini 26%ga kamaytirish va foydali komponentlarning samarali eritmalardagi konsentratsiyasi 35% gacha oshirish imkonini bergan;
fosfat ioni ishtirokida uranning sorbsiya va desorbsiyasi texnologik sxemasi, uran-fosfatli cho‘kmalarni sul`fat kislotali qayta ishlash usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 5-son ma’dan boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2019 yil 28 noyabrdagi 02-06-04/15131-son ma’lumotnomasi). Natijada, uranni 90% ajratib olish imkonini bergan;
mahsulot eritmalaridan uranning massa miqdorini titrimetrik usulda aniqlash metodikasi Navoiy kon-metallurgiya kombinatining markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2019 yil 28 noyabrdagi 02-06-04/15131-son ma’lumotnomasi). Natijada, reagentlar sarfi va tahlil vaqtini ikki baravar kamaytirish, qo‘shimcha jarayonlardan voz kechish imkonini bergan.