Imamaliev Baxtiyor Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Atopik dermatitning sirtqi terapiyasi uchun mo‘ljallangan fitokompozisiyani farmakologik xususiyatlari va texnologiyasini ishlab chiqish», 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya, 15.00.01 – Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Far41.
Ilmiy rahbarlar: Fayzieva Ziyoda Turaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Fayzullaeva Nodira Sultanovna, farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Moxinur Gafurovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Sirov Vladimir Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: atopik dermatitni sirtqi davolash uchun tavsiya etilgan yangi fitokompozisiyaning tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish hamda farmako-toksikologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy dorivor o‘simliklar asosida fitokompozisiya tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
turli omillar ta’sirini aniqlagan holda ajratmaning turg‘unligini pasaytiruvchi ballast moddalarni ajralib chiqishini kamaytiradigan va faol moddalarni miqdoriga ta’sir etmaydigan suyuq ekstrakt texnologiyasi yaratilgan;
suyuq ekstraktning sifat ko‘rsatkichlari aniqlangan;
atopik dermatitni davolash uchun mo‘ljallangan suyuq ekstraktning bezararligi (o‘tkir toksikligi, nimo‘tkir va surunkali toksikligi, mahalliy ta’sirchanligi va allergiya chaqiruvchi xususiyati, umumiy farmakologik ta’siri) isbotlangan;
suyuq ekstraktning antiallergik faolligi sintetik dori vositalar (topik glyukokortikosteroidlar, antigistaminlar va an’anaviy dorilar)dan kam emasligi, ba’zi hollarda ulardan ustun ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Atopik dermatitning sirtki terpiyasi uchun mo‘ljallangan fitokompozisiyani farmakologik xususiyatlari va texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suyuq ekstrakt uchun korxona farmakopeya maqola loyihasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati, «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKning 2020 yil 26 fevraldagi 41-son shartnomasi). Mazkur korxona farmakopeya maqolasining tasdiqlanishi atopik dermatitni davolash uchun suyuq ekstraktni ishlab chiqarish imkonini beradi;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar hisobotlariga asosan suyuq ekstrakt uchun spesifik farmakologik faolligi tekshirilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada, atopik dermatitni davolashda ishonchli faollikka ega va bezarar dori vositasini ishlab chiqarish imkonini bergan.