Sanakulov Umidjan Kuvandikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metallurgiya ishlab chiqarish korxonalari sanoat chiqindilaridan temirni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish», 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1555. 
Ilmiy rahbar: Ergashev Ulugbek Abdurasulovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, DSc.17/30.12.2019.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Soyib Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor; Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: «Mineral resurslar instituti» DK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mis ishlab chiqarish shlaklaridan va sul`fidli oltin tarkibli konsentratlarni biooksidlanish jarayonidan kislotali oqova suvlarni qayta ishlash usullarini ishlab chiqish orqali metallurgiya sanoatining sanoat chiqindilaridan temirni ajratib olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli xil reagentlarni qo‘llagan holda pH muhitining o‘zgarishi hisobiga kislotali eritmalarda mish`yakni temirdan cho‘ktirish usuli bilan ajratish qonuniyatlari aniqlangan;
kislotali eritmalarning natriy ishqori bilan neytrallash natijasida mish`yakning 8 dan yuqori rN ko‘rsatgichida teskari erish samaradorligi birinchi bor o‘rnatildi va temir birikmalari cho‘kmalarini olishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan; 
yangi UD-19 reagentidan foydalanib, muhitning pH qiymatiga qarab kislotali eritmalar tarkibidagi mish`yakdan temirni ajratishni optimal rejimi yaratilgan;
temir olish maqsadida mis eritish sanoatining ko‘p komponentli silikatli va ferrit sistemali shlaklarini alohida oksidlarga ajratish bo‘yicha ilk bor uskuna va uning tuzilishi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Metallurgiya sanoatining sanoat chiqindilarini qayta ishlash jarayonida temirni ajratib olishni ilmiy asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibida oltin bo‘lgan konsentratlarni biooksidlash jarayonining kislotali oqova suvlaridan temirni ajratib olishning texnologik sxemasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKda amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2020 yil 3 sentyabrdagi 02-02-06/9282-son ma’lumotnomasi).  Natijada, kislotali oqova suvlar tarkibidagi temirning 90% dan ortig‘i keyinchalik foydalanish uchun temir gidroksidi shaklida tiklash imkonini bergan;
temir ajratib olish uchun metallurgik shlaklarni qayta ishlash usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2020 yil 8 sentyabrdagi AI-56163-son ma’lumotnomasi). Natijada, mineral xomashyodan kompleks foydalanish, jarayonning yuqori intensivligiga erishish, ishlab chiqarishning ekologik tozaligini oshirish, chiqindixonalar maydonini kamaytirish, texnogen chiqindilarni ishlab chiqarishga jalb qilish va temirni ajratib olish darajasini 90% gacha oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish