Zakirov Mirabbas Mirsaatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston er osti suvlarida geliyning o‘zgarish qonuniyatlari», 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/GM19.
Ilmiy maslahatchi: Yusupov Shuxrat Sakidjanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.96.01.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Xabibulla Asatovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor, akademik; Abdullaev Botirjon Dadajonovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, Shoymuratov Tuychi Xalikulovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «O‘zbekgidrogeologiya» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston er osti suvlarida geliy tarkibiy miqdorining shakllanish va o‘zgarish qonuniyatlarini aniqlash va er osti suvlarida geliy izotoplari taqsimlanishini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston hududidagi paleozoy, bo‘r va paleogen yotqiziqlarida geliyning mutloq qiymati va hajmiy miqdori konsentratsiyalari yuqori bo‘lgan suvli gorizontlar aniqlangan;
chuqurlik bo‘yicha geliy konsentratsiyasining mutloq va hajmiy qiymatining qonuniyatli o‘sishi, shuningdek, bo‘r va paleogen yoshidagi yotqiziqlarning 1600–1800 m intervalida geliyning keskin oshishi, gilli va mergelli qatlamlar esa geliy to‘planishi uchun "tuzoq" vazifasini o‘tashi aniqlangan;
O‘zbekistondagi senoman suvli gorizonti er osti suvlarida geliy migratsiyasining prinsipial modeli ishlab chiqilgan;
ilk bor er osti suvlarida geliy konsentratsiyasining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi tabiiy omillar tasnifi ishlab chiqilgan;
gorizontal yo‘nalishda to‘yinish maydonlaridan qatlamlarning er yuzasidan chuqurroq botgan tomoniga qarab geliy konsentratsiyasining oshib borishi aniqlangan; 
O‘zbekiston er osti suvlaridagi geliy konsentratsiyasi fon qiymatining kuzatuv suv nuqtalari joylashgan maydonlardagi geodinamik jarayonlar faolligi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
Markaziy Osiyoning ma’lum hududlarida geliy izotopi qiymatlari tarqalishining sxematik xaritasi geliy izotoplarining tarqalishi va taqsimlanishiga asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Er osti suvlarida geliy izotoplari taqsimlanishini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yoriqsimon-tomirli, darzlangan senoman yotqiziqlaridagi er osti suvlarida tarqalgan geliy konsentratsiyasi qiymatlarining shakllanish va namoyon bo‘lishi “GIDROINGEO instituti” DK faoliyatiga joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2020 yil 18 martdagi 04/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistondagi senoman suvli gorizonti er osti suvlarida geliy migratsiyasining prinsipial modelini ishlab chiqish imkonini bergan;
er osti suvlarida turli tabiiy va texnogen omillar ta’sirida yuzaga kelgan geliy konsentratsiyasining va er qobig‘ining geodinamik faolligi bilan bog‘liq fon qiymatlari tabiatining o‘zgarishi “GIDROINGEO instituti” DK faoliyatiga joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2020 yil 18 martdagi 04/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, er osti suvlarida geliyning maksimal qiymatlariga ega bo‘lgan anomaliyalarini asosli ajratish imkonini bergan;
geliy konsentratsiyasining turli qiymatlariga ega suvli gorizontlar va o‘zida suv ushlovchi tog‘ jinslarining gidrogeologik va tektonik sharoitlarini guruhlash asosida ajratilgan omillar “GIDROINGEO instituti” DK faoliyatiga joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2020 yil 18 martdagi 04/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, gidrodinamik jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan geliy anomaliyalarini baholash imkonini bergan;
zilzila sodir bo‘lish davrida er osti suvlarining izotop va gaz (Ne, N2, SO2) tarkibida yuzaga keladigan anomaliyalarni aniqlash uslublari “GIDROINGEO instituti” DK faoliyatiga joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2020 yil 18 martdagi 04/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston er osti suvlarining bashoratlash-monitoring tadqiqotlari ilmiy-uslubiy bazasini takomillashtirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish