Xolov Yoqub Davronovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sho‘r tuproqlar sharoitida g‘o‘za navlarining qimmatli belgilariga agroekologik omillarning ta’siri (Buxoro vohasi misolida)», 03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi, 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/B346.
Ilmiy rahbar: Xolliev Askar Ergashovich, biologiya fanlarni doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.72.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kurbanbaev Ilxom Jumanazarovich, biologiya fanlari doktori, professor; Boymurodov Husniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro vohasining turli darajada sho‘rlangan  o‘tloqi allyuvial, sur tusli- qo‘ng‘ir va cho‘l- qumli tuproq tiplari sharoitida g‘o‘za navlarining qimmatli belgilariga sho‘rlanish va namlik darajalari ta’sirini ifodalovchi fiziologo-ekologik xususiyatlarini  ilmiy asoslash  va  ishlab chiqarishga tavsiyalar berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sug‘oriladigan hamda turlicha sho‘rlangan o‘tloqi -allyuvial,  sur tusli- qo‘ng‘ir va cho‘l- qumli tuproq tiplarining asosiy eko-meliorativ xossalari asoslangan;
ilk bor  tuproq tiplari (o‘tloqi - allyuvial, sur tusli -qo‘ng‘ir va cho‘l- qumli), tuproq sho‘rlanishi (kuchsiz, o‘rta va kuchli) va namlik darajalari (70-75-70; 65-70-65; 60-65-60%)  har xil bo‘lgan sharoitda Buxoro-8, Omad va S-4727 g‘o‘za navlari rivojlanishining fiziologo-ekologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
navlarning qimmatli xo‘jalik belgilaridan – hosildorligi, tola chiqimi, tola uzunligi va 1000 ta chigit vazniga agroekologik omillarning (tuproq tiplari, sho‘rlanish va namlik darajalari) ta’siri atroflicha aniqlangan hamda navlar kesimida solishtirma baholangan;
seleksion jarayonda tanlash ishlarini olib borish va boshlang‘ich  manbalarni tanlashda noqulay ekologik omillarga bardoshlilik va hosildorlik darajasi  yuqori bo‘lgan Buxoro-8, S-4727 navlarning eko-fiziologik asoslari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sho‘r tuproqlar sharoitida g‘o‘za navlarining qimmatli belgilariga agroekologik omillarining ta’siri har xil darajadagi tuproq sho‘rlanishi va tiplari sharoitlarida aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
noqulay abiotik omillarga bardoshlilik va hosildorlik darajasi hamda noqulay agroekologik sharoitlarda tola chiqimi, tola uzunligi va chigit vazni yuqori bo‘lgan Buxoro-8 va S-4727 navlari fermer xo‘jaliklar er maydonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 7 avgustdagi 02/020-2386-son ma’lumotnomasi). Natijada, navlarning stress omillarga bardoshlilik darajasini oshirish imkonini bergan;   
eko-meliorativ xossalari har xil bo‘lgan hududlarga chidamlilik darajalari yuqori bo‘lgan Buxoro-8, S-4727 navlarini “Niyoz Ne’matobod” va “Sherzod” fermer xo‘jaliklarining 193 gektar er maydonlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 7 avgustdagi 02/020-2386-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur navlardan turlicha sho‘rlangan o‘tloqi -allyuvial, sur tusli- qo‘ng‘ir va cho‘l -qumli tuproq tiplari sharoitida  yuqori va sifatli hosil olish imkonini bergan;
Buxoro viloyatining tuproq tiplari  va sho‘rlanish darajasi har xil bo‘lgan xo‘jaliklarida kuchli sho‘rlangan o‘tloqi-allyuvial, sur tusli-qo‘ng‘ir, cho‘l-qumli, tuproqlar sho‘rini yuvishning maqbul me’yori bo‘yicha tavsiyalar “Niyoz Ne’matobod” va “Sherzod” fermer xo‘jaliklari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi 2020 yil 13 avgustdagi 01/03-1673-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproq sho‘rlanishi darajalarining kamayishi hisobiga tuproq tiplari unumdorligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish